Mijoz | korporativ mijozlar (neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari) | |
Maqsadi | ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun | |
Valyutasi | USZ, USD, EUR, RUB | |
Kredit manbaasi |
bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim | |
Muddati | ochiq liniya boʻlganda -36 oy muddatgacha bosh kelishuvga asosan, har bir liniya alohida individual shartnomaga asosan 12 oygacha ajratiladi yopiq liniya boʻlganda - 12 oy muddatgacha | |
Foiz miqdori | ||
| Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan | bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida aylanma mablagʻlar uchun oʻrnatilgan miqdorda |
Jalb qilingan mablagʻlar hisobidan | jalb qilingan moliya instituti shartlari + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida koʻrsatilgan miqdorda) | |
Qatʼiy yoki oʻzgaruvchan, hisoblash shartlari | qatʼiy yoki oʻzgaruvchan (foiz stavkasi tuzilgan shartnomalarda oʻzgaruvchan etib belgilangan boʻlsa – Libor, Euribor va boshqa oʻzgaruvchan foiz stavkalarga bogʻlangan holatlarda), foizlar har kuni hisoblanib, belgilangan grafik boʻyicha soʻndiriladi | |
Kreditni qaytarish grafigi va davriyligi |
har bir loyiha xususiyatidan va mijoz arizasidan kelib chiqib kreditni qaytarish grafigi va imtiyozli davr (bunda imtiyozli davr kredit muddatidan 1/3 qismdan oshmasligi lozim) oʻrnatiladi. | |
Asosiy talablar | ||
| Mijoz faoliyati |
davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan mijozlar |
Mijoz hisobraqami | asosiy va ikkilamchi | |
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot bo‘yicha foyda mavjudligi | ijobiy | |
Kredit reytingi (layoqatliligi) | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha CC reytingdan kam boʻlmagan holda | |
Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha qarzdorligi | barcha tijorat banklari oldida muddati oʻtgan qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud boʻlmasligi | |
Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda | |
Mahsulot boʻyicha taʼminot jami qiymati kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) taʼminlashi zarur | ||
Mulkiy taʼminot | koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qogʻozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar | |
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov boʻyicha qoʻyiladigan shartlar |
koʻchmas mulk - har qanday; | |
Nomulkiy taʼminot | kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqdorda korporativ mijozlarning kafilligi va/yoki kelajakdagi pul tushumlari garovi (Boshqaruv qarori bilan) va/yoki boshqa nomulkiy taʼminotlar, sugʻurta polisi, jamgʻarma kafilligi Taʼminot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz boʻlishi, kafillik summasi kafil korxona oʻz mablagʻlari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda boʻlishi, Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam boʻlmasligi lozim. Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda: Pul tushumi kutilayotgan shartnomalar summasi - kredit summasining 1,5 barobaridan ortiq boʻlishi va shartnomalar amal qilish muddati kredit muddatidan kam boʻlmasligi lozim (mazkur meʼzonlar asoslovchi hujjatlar asosida aniqlanadi) |
Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar roʻyxati:
1. Ariza.
2. Mijozning taʼsis hujjatlari va unga kiritilgan soʻngi oʻzgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.).
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.
8. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja;
9. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalarning nusxasi. Bunda bitim tuzuvchi taraflaridan biri Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya va Eron Respublikasiga (konteragent) tegishli bo'lsa, ular xalqaro huquqiy kompaniyalarining xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida emasligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishlari kerak.
Taʼminot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona taʼsis hujjatlari;
2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari toʻgʻrisida maʼlumot;
3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);
4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
5. Kafillik taqdim etish boʻyicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi;
6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl).
Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa);
3. Mulk egasi ta'sischilarining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).
4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning roʻyxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi).
Taʼminot sifatida ombordagi tayyor mahsulotlar taqdim etilganda:
1. Omborga kirim qilingan mahsulotlar nomlari va narxlar koʻrsatilgan va uning omborxonada mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotnoma;
Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:
1. Pul mablagʻlari kelib tushadigan shartnomalar nusxalari;
2. Ular boʻyicha oʻzaro qarzdorlikni solishtirish dalolatnomasi – akt-sverka.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qoʻshimcha xujjatlar soʻralishi mumkin.