Salary

  • Kredit shartlari
  • Kerak boʻlgadigan hujjatlar

Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari

1

Maqsadi

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun

2

Valyutasi

UZS

3

Moliyalashtirish manbalari

Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim

4

Muddati

12 oygacha bosh kelishuv asosida, alohida 45 kundan oshmagan muddatga individual kredit shartnoma tuzish orqali

5

Mikdori

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha

6

Kredit asosiy qarz va foizlarni qaytarish grafigi va davriyligi

Individual kredit shartnomasining oxirgi muddatida so‘ndiriladii

7

Foizi

Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdorda

 

8

 

Mijoz

   

Korporativ mijozlar (Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari)

Mijozga qo‘yiladigan asosiy  talablar 

9

Mijoz faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korxonalar

10

Mijoz hisobraqami

Asosiy hisobraqami “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida boʻlishi lozim

11

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi

Ijobiy

12

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha CC reytingdan kam boʻlmagan holda

13

Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo'yicha qarzdorligi

Barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari bo‘lmasligi lozim

14

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda

15

Jami kredit taʼminoti:

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (bankga aloqador shaxslar uchun 130%)

16

Mulkiy taʼminot

Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar,  omborxonadagi tayyor mahsulotlar qimmatbaho metallar, qimmatli qog‘ozlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar

17

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov buyicha qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk - xar qanday;

 Avtotransport vositalari - ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;

Maxsus texnikalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan; Uskunalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; 

18

Nomulkiy taʼminot

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda korporativ mijozlarning kafilligi va/yoki kelajakdagi pul tushumlari garovi (Boshqaruv qarori bilan) va/yoki boshqa nomulkiy ta’minotlar, sug‘urta polisi,

Jamg‘arma kafilligi

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo‘lishi, kafillik summasi kafil korxona o‘z mablag‘lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo‘lishi, Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim.

Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:

Pul tushumi kutilayotgan shartnomalar summasi - kredit summasining 1,5 barobaridan ortiq bo‘lishi va shartnomalar amal qilish muddati  kredit muddatidan kam bo‘lmasligi lozim (mazkur me’zonlar asoslovchi hujjatlar asosida aniqlanadi) 



Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:

1.    Ariza.

2.   Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar

3.   Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi

4.   Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa)

5.   Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi

6.   Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7.   Ish haqi to‘lovining hisob-kitobi ko‘rsatilgan mijoz muxri va imzosi bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladigan ma’lumotnoma

 

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:

 

1.  Kafil korxona ta’sis xujjatlari

2.  Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot

3.   Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

4.  Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi

5.  Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi

6.  Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl)

           

Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:

 1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti

2.  Mulk egasining ta’sis xujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa – mulk egasining pasporti nusxasi

3.  Mulk egasining kafolatning ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa)

4.  Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro‘yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi)

Ta’minot sifatida ombordagi tayyor mahsulotlar taqdim etilganda:

1.  Omborga kirim qilingan mahsulotlar nomlari va narxlar ko‘rsatilgan va uning omborxonada mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma

Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:

1. Pul mablag‘lari kelib tushadigan shartnomalar nusxalari

2. Ular bo‘yicha o‘zaro qarzdorlikni solishtirish dalolatnomasi – akt-sverka

Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha xujjatlar so‘ralishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.06.2021 14:21  
up