Maqsadi | Mijozning asosiy hisobraqamida mablag‘ yetarli bo‘lmagan holatda uni to‘ldirish uchun Kredit mablag‘i hisobidan: Mijozning boshqa kredit va moliyaviy qarzdorliklarini, shu jumladan bank oldidagi qarzdorliklarini so‘ndirishga; Uchinchi shaxslarning majburiyatlarini to‘lash va ularga moliyaviy yordam berishga;
O‘zining va boshqa yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasini shakllantirishga; qonunchilikda taqiqlangan maqsadlar uchun to‘lov amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. |
Valyutasi | UZS |
Moliyalashtirish manbaasi | Bank o'z mablag'lari |
Muddati | 12 oy muddatgacha, ochiq liniya asosida |
Miqdori | Mijozning oxirgi 6 oydagi O'zsanoatqurilishbank tizimidagi hisobraqamiga mahsulot sotishdan tushumi o'rtacha oylik qiymatining 25%igacha ammo 5,0 mlrd.so'mdan oshmagan miqdorgacha. Mijozga mazkur mahsulot parallel bir nechta rasmiylashtirilgan holatda ham ularning umumiy yig'indisi 5 mlrd.so'mdan oshib ketishi mumkin emas |
Foiz stavkasi | Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida oʻrnatilgan miqdorda |
Mahsulotni taqdim etish shakli |
Pul ko‘chirish yo‘li bilan |
Mijoz |
Korporativ mijozlar (Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari) |
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar | Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar; Asosiy hisobraqami “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bo‘lishi lozim; Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi; 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak; Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim; Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi kerak; KATM ma’lumotnomasiga asosan, tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi; So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarda oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim |
Mahsulot bo‘yicha ta’minot |
Talab qilinmaydi (ishonchli kredit) |
Mijozdan talab qilinadigan asosiy hujjatlar ro‘yxati:
1. Ariza
2. Mijozning ta’sis hujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)