Guarantee

  • Kreditlash shartlari
  • Qo‘shimcha shartlar

Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari

1

Mahsulotning maqsadi va turi

Qoplangan va qoplanmagan bank kafolatini taqdim etish

2

Kafolat valyutasi

soʻm, AQSH doll., Yevro, Rubl

3

Kafolat muddati

5 yil muddatgacha Bosh kelishuv asosida

Har bir individual kafolatlarning muddati 18 oygacha

4

Mikdori

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha

 

5

Foiz stavkasi

Tarifga asosan 

6

Mijoz

Korporativ mijozlar (Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari)

7

Qat’iy yoki o‘zgaruvchan, hisoblash shartlari

Tarifga asosan

8

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar 

Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar.

Mahsulot taqdim etilayotgan sanadan oldingi oxirgi hisobot sanasiga (yillik va/yoki choraklik) zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi lozim;

Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;

KATM ma’lumotnomasiga asosan mahsulot taqdim etish vaqtida tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim.

Qaror qabul qilish sanasida barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi.

Moliyaviy yil natijalari bo‘yicha (qarorga asosan 1 maygacha majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tadigan korxonalar bundan istisno) ijobiy auditorlik xulosa.

Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi

Mahsulot bo‘yicha ta’minot

Mahsulot bo‘yicha ta’minot jami qiymati kafolat summasining kamida 125%ini (bankka aloqador shaxslar uchun 130%) ta’minlashi zarur (pul mablag‘lari bilan ta’minlanganda kafolat valyutasida 100%)

9

Mulkiy ta’minot

Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar kafolat summasining 125%idan kam bo‘lmagan miqdorda (bankka aloqador shaxslar uchun 130% miqdorida).

Pul mablag‘lari bilan qoplanganda kafolat valyutasida 100% miqdorida, xorijiy valyutadagi kafolatlar uchun milliy valyutada pul mablag‘i bilan qoplansa 110% miqdorida

10

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar

Ko‘chmas mulk – har qanday;
Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan

11

Nomulkiy ta’minot

Kafolat summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda kafillik, aksiyalar, kelajakdagi pul mablag‘lari tushumi, sug‘urta polisi.

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo‘lishi, kafillik summasi kafil korxona o‘z mablag‘lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo‘lishi, Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim.

Bosh kelishuv doirasida jami kafolat summasidan oshmagan miqdorda kafolat bo‘yicha majburiyat bajarilgan qismida individual shartnoma tuzish orqali qayta foydalanish mumkin (bunda tuziladigan oxirgi individual shartnoma Bosh kelishuv shartnomasining oxirgi muddatidan oshib ketmasligi lozim).

Individual shartnoma asosida kafolat bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganlik holati 2 marta takrorlansa, Bosh kelishuv shartnomasiga asosan keyingi bosqichdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ushbu shart Bosh kelishuv shartnomasida ko‘rsatilishi lozim.

Bank tomonidan ichki me’yoriy tartiblar asosida mijozning moliyaviy holati va kredit reyting har yili bir marta tahlil qilib turilishi va agarda mahsulot shartlarida ko‘rsatilgan mijozning moliyaviy holatiga nisbatan qo‘yilgan talablar buzilgan taqdirda, Bosh kelishuv bo‘yicha kafolatning keyingi bosqichidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mijoz tomonidan “Guarantee” mahsulotidan foydalanish uchun taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati:

1.   Kafolat olishga ariza (anketa);

2.   Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3.   Mijozning kafolat olish uchun asos hujjatlari: bunda qurilishlar uchun o‘tkaziladigan tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha matbuotda chop etilgan e’lon nusxasi, paxta tolasi sotib olish bo‘yicha Tashqi savdo kompaniyasi bilan tuzilgan, Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan shartnoma nusxasi, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan tuzilgan agentlik kelishuvi va boshqa shunga o‘xshash har qanday hujjat;

4.   Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari.

5.   Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

6.   Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kafolatdan foydalanish yuzasidan roziligi.

7.   Kafolatdan foydalanish bo‘yicha biznes reja (mijoz faoliyati bo‘yicha).

8.   Oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi (bunda oxirgi tugallangan moliyaviy yil uchun auditorlik xulosasi me’yoriy huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng taqdim etilishi mumkin).

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:

1. Korxona ta’sis xujjatlari;

2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot;

3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);

4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi

5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining  ijobiy roziligi.

6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl).

           

Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:

1.  Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti.

2.  Mulk egasining ta’sis xujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa – mulk egasining pasporti nusxasi; 

3.   Mulk egasining kafolatning ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa).

Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro‘yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi).


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.05.2021 15:32  
up