Maqsadi
|
Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalarini sotib olish, eko-transport ishlab chiqarish va sotib olish, mavjud binolarni energiya tejamkorga o'zgartirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, suvdan oqilona foydalanish hamda energo audit o'tkazish xarajatlarini moliyalashtirish hamda boshqa "yashil" loyihalarni moliyalashtirish uchun
|
Moliyalashtiriladigan "Yashil" loyiha uchun asosiy talab
| Loyiha natijasida:
kamida 20%lik energiya tejamkorligiga erishilishi;
va/yoki atrof muhitga tarqalayotgan uglikisli gaz miqdori 20%ga kamayishi;
va/yoki tabiiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikga erishilishi;
va/yoki atrof muhitga yetkaziladigan zararning kamaytirilishi;
va/yoki boshqa "yashil" maqsadlarga erishilishi lozim.
|
Valyutasi
|
UZS, USD, EUR
|
Muddati
|
Ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag’larni to’ldirish uchun – 12 oygacha
Investitsion loyihalarning o’zini qoplashi hamda Bankda mavjud resurslar muddatidan kelib chiqib, Bankning o’z mablag’lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada – 60 oygacha
Jalb qilingan mablag’lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun
- jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq
Jalb qilingan “yashil” obligatsiyalar hisobidan ajratiladigan, shuningdek Bank o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan va keyinchalik “yashil” obligatsiya resurslari bilan qoplanishi (возмещение) ko’zda tutilgan milliy valyutadagi kreditlar uchun - 60 oygacha
|
Kredit foiz stavkasi
|
“O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo’yicha foiz stavkalari”ni belgilash bo’yicha Boshqaruv qarorida o’rnatilgan miqdorda
Jalb qilingan “yashil” obligatsiyalar hisobidan ajratiladigan, shuningdek Bank o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan va keyinchalik “yashil” obligatsiya resurslari bilan qoplanishi (возмещение) ko’zda tutilgan milliy valyutadagi kreditlar uchun – yillik 21% miqdorida
|
Miqdori
|
"O`zsanoatqurilishbank" ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo`yicha belgilangan miqdorgacha ammo loyiha qiymatining 70%idan oshmagan miqdorgacha
Mijozning skoring asosidagi reytingi bo‘yicha aniqlanadi
|
Asosiy qarzdorlik bo‘yicha imtiyozli davr
|
Bankning o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun – mijoz arizasiga asosan, ammo 1 yildan ko’p bo’lmagan muddatgacha
Jalb qilingan mablag’lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq
Jalb qilingan “yashil” obligatsiyalar hisobidan ajratiladigan, shuningdek Bank o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan va keyinchalik “yashil” obligatsiya resurslari bilan qoplanishi (возмещение) ko’zda tutilgan milliy valyutadagi kreditlar uchun - 12 oygacha.
|
Asosiy qarz va foizlarni to‘lash davriyligi
|
Bankning o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun - 3 oydan ko’p bo’lmagan muddatda
Jalb qilingan “yashil” obligatsiyalar hisobidan ajratiladigan, shuningdek Bank o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan va keyinchalik “yashil” obligatsiya resurslari bilan qoplanishi ko’zda tutilgan milliy valyutadagi kreditlar uchun: Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan so’ng har oyda Foiz to’lovi – har oyda. |
Sub-segment
|
Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya hamda boshqa tarmoq mijozlari
|
Mijozning loyihadagi ulushi
|
30%dan kam bo‘lmagan qiymatda
|
Mijozga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
-Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan kam bo‘lmagan korporativ mijozlar
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida asosiy va/yoki ikkilamchi hisobraqami bo‘lishi lozim
-Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi
-Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlili tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim
-Banklarda muddati o‘tgan kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha qarzdorligi (asosiy qarzi va foiz) bo‘lmasligi lozim
-So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim
|
Mahsulot bo‘yicha ta’minot
|
Jami kredit ta'minoti:
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda
(Bankga aloqador shaxslar uchun 130%)
Mulkiy ta'minot:
- Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog‘ozlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar
- Mulkiy ta'minot kredit ajratilgunga qadar kredit summasining 65%idan kam bo‘lmagan qiymatda
- Qolgan qismiga kredit hisobiga tashkil etilayotgan asosiy vositalar olinadi. Mazkur holatda garov yetarli bo‘lmagan holda ta'minotning boshqa turlaridan biri qabul qilinadi
Nomulkiy ta’minot:
Kredit summasining 60%i dan kam bo‘lmagan miqdorda kafillik
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar:
Kredit siyosati va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kredit ta’minoti bilan ishlash Tartibi talablari asosida ko‘char va ko‘chmas mulklar
|