SME Green Loan

Yashil krediti ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega biznes loyihalar uchun

  • Yo‘nalishlari va toifalari
  • Kreditlash shartlari
  • Kerakli hujjatlar
  • Asosiy talablar
  • Taʼminot
  1. warehouse– qayta tiklanuvchi energiya bilan bog‘liq loyihalarga
  2. cotton– energiyasamaradorlikka ega loyihalar uchun
  3. hook– atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq loyihalarga
  4. contract– ekologik toza transport vositalari bilan bog‘liq loyihalar uchun
  5. contract– iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan loyihalarga
  6. warehouse– mavjud binolarni energiyasamarador ishlab chiqarishga aylantirish bilan bog‘liq loyihalarga
  7. cotton – suvdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq loyihalar uchun
  8. hook– energiya auditini moliyalash bilan bog‘liq loyihalarga

Kredit muddati

Ochik/yopik kredit liniyasi orqali
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 12 oygacha;

Investision loyihalarning o‘zini qoplashi hamda Bankda mavjud resurslar muddatidan kelib chiqib, Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada
- 60 oygacha;

Jalb qilingan mablag‘larda – jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.

(Kredit muddati Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan
uzaytirilishi mumkin).

Asosiy qarzdorlik bo‘yicha imtiyozli davr

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun milliy va xorijiy valyutada

– 3 oygacha;

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada

– 6 oygacha;

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun
– jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.

(Imtiyozli davr Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan
uzaytirilishi mumkin).

Asosiy qarz va foiz larni to‘lash davriyligi

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar uchun:

Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda

Foiz to‘lovi - har oyda.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun
– jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.

(Kredit to‘lovlarini to‘lash davriyligi Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan boshqacha davriylikda belgilanishi mumkin).

Pul birligi

so‘m, AQSh dollari, yevro;

Kredit miqdori

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha, ammo loyiha qiymatining 70% dan oshmagan miqdorgacha.

(Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan
kredit miqdori oshirilishi mumkin).

Kredit foiz stavkasi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalari”ni belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdorda.

(Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan
boshqa foizlar ham belgilanishi mumkin).

Foizni hisoblashning sharti - o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchi

Qat'iy yoki o‘zgaruvchan (foiz stavkasi tuzilgan shartnomalarda o‘zgaruvchan etib belgilangan bo‘lsa – Libor, Euribor va boshqa o‘zgaruvchan foiz stavkalarga bog‘langan holatlarda).

Foizlar har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha so‘ndiriladi.

Kredit manbasi

Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar.
Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim.

Mijozning loyihadagi ulushi

30% dan kam bo‘lmagan qiymatda

(Mazkur talab aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladigan kreditlar uchun tatbiq etilmaydi, shuningdek, istisno hollarda Bank Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan boshqacha belgilanishi mumkin.)

Kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar

Bank Kredit siyosati hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi”da keltirilgan talablarga muvofiq.

(Mazkur talablar istisno hollarda, Bank Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan boshqacha belgilanishi mumkin.)


Qo'shimcha shartlar

Loyiha natijasida:

- kamida 20% lik energiya tejamkorligiga erishilishi; 
- yoki atrof muhitga tarqalayotgan uglikisli gaz miqdori 20% ga kamayishi; va/yoki tabiiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikga erishilishi; va/yoki atrof muhitga yetkaziladigan zararning kamaytirilishi; va/yoki boshqa “yashil” maqsadlarga erishilishi.

(Loyiha jalb qilingan mablag‘lar hisobidan  moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan hollarda, mazkur jalb qilingan liniya talablariga muvofiq qo‘shimcha shartlar bajarilishi ham talab etilishi mumkin.)



1. Ta'sis hujjatlari

2. Moliyaviy hisobotlar (F-1 va F-2)

3. Biznes reja (TEO)

4. Oldi-sotdi shartnomasi

5. Kredit ta'minoti bilan bog‘liq hujjatlar

6. Loyiha xususiyatlardan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida asosiy hisobraqami bo‘lishi lozim;

  • Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi;

  • Kredit reytingi (layoqatliligi) – Bank Kredit siyosati hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi”da belgilangan Tadbirkorlik sub'ektlarining kreditga layoqatliligini hamda tavakkalchilikni baholash tizimi shartlariga muvofiq;

  • Muddati o‘tgan kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi lozim;

  • So‘nggi 12 oy ichida 30 kundan oshgan muddati o‘tgan kredit hamda kartoteka-2 qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.

(Mazkur talablar istisno hollarda, Bank Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan boshqacha belgilanishi mumkin.)


Jami kredit ta'minoti:

 - Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (Bankga aloqador shaxslar uchun 130%).

Mulkiy, nomulkiy  va dastlabki garov ta'minotlari hamda ularga qo‘yiladigan shartlar:

- Bank Kredit siyosati hamda "“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi”da keltirilgan talablarga javob beradigan ta'minotlar asosida.



(Kredit ta'minotiga qo‘yiladigan talablar istisno hollarda, Bank Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan boshqacha belgilanishi mumkin.)




Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up