Yoshlar siyosati

“SQB Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi


31.07.2023 10:53

Joriy yilning 29-iyul kuni poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” xalqaro biznes markazida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “SQB Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi.

Bank tizimida mazkur loyiha shu yilning 4-fevral kuni Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida start olgan edi.

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur oʻyinda bank tizimida xodimlar tafakkuri va salohiyatini oshirish, zamonaviy bilimga ega kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda jamoa oʻrtasida kitobxonlik va birdamlikni yanada kuchaytirish maqsadi ilgari surildi.

Oʻyin mavsumiy tarzda (har bir mavsum 6 oy davom etadi) Bosh bank va uning mintaqaviy tarmoqlarida har biri 6 nafar xodimdan iborat tarkibda shakllantirilgan 16 ta jamoa ishtirokida oʻtkazildi. Bunda gender tenglikni inobatga olgan holda har bir guruhda kamida 2 nafardan xotin-qiz ishtiroki taʼminlandi.

Mavsumiy uchrashuvlarda bilimdonlarga Samarqand, Xiva va Toshkent shaharlari hamda Zomin tumani (Jizzax) mezbonlik qildi. Turnir hakamlari sifatida esa, “Zakovat” intellektual klubi asoschisi va prezidenti Abdurasul Abdullayev, klub faollari Bobur Yoqubov va Hushnudbek Hudoyberdiyevlar ishtirok etdi.

Oʻyinning final bosqichi ham koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar bank-moliya va boshqa sohalarga oid ilm-fan yutuqlari boʻyicha mantiqiy savol-javoblar asosida bellashishdi.

Natijada “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB huzuridagi amaliyot boshqarmasi jamoasi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

2-oʻrin bankning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi jamoasiga, 3-oʻrin esa Bosh bank jamoasiga nasib qildi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida har bir jamoa, jumladan, Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi “Eng barqaror jamoa”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi “Eng pozitiv jamoa”, Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi “Eng faol jamoa”, Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi “Eng ahil jamoa” kabi turli nominatsiyalar boʻyicha ragʻbatlantiridi. Andijon viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi murabbiyi Hurshid Uzoqov “Eng jonkuyar murabbiy” deb eʼtirof etildi.

Gʻoliblar “SQB Zakovat” intellektual oʻyini koʻchma kubogi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/25/2025 03:35:28 pm
“Umumjahon pul haftaligi-2025” doirasida yoshlarning moliya ilmi va tarixiga oid ongi shakllanmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftal ...

04/24/2025 12:25:57 pm
SQB ish yarmarkalarida: iste’dodli yoshlar – kelajak uchun munosib investitsiya

Joriy yilning aprel oyida O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish hamda Risk departa ...

04/18/2025 06:07:06 pm
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun SQB bosh ofisida mahorat darsi o’tkazildi

Tadbir nafaqat nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, balki o‘z sohasining professionallari bilan bevosita muloqot qilish i ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.09.2023 10:55  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo