Yoshlar siyosati

“SQB Math Olympiad – 2023” gʻoliblari aniqlandi


19.07.2023 16:25

Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda tijorat banklari xodimlari oʻrtasida mantiqiy matematika yoʻnalishida tashkil etilgan “SQB Math Olympiad – 2023” olimpiadasining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Gʻoliblar umumiy hisobda 100 million soʻm mukofot puli bilan taqdirlandi.

“SQB Math Olympiad – 2023” Prezidentimizning 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida matematika sohasidagi taʼlimni qoʻllab-quvvatlash, ilmni rivojlantirishga oid loyihalarda bank ishtirokini taʼminlash hamda iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularga moddiy va maʼnaviy motivatsiya berish maqsadida tashkil etildi.

Joriy yilning 29-aprel kuni olimpiadaning saralash bosqichi oʻtkazilib, 403 nafar ishtirokchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetida oʻtkazilgan final bosqichida ular 10 ta muammoli masala (3 balldan), 10 ta tanqidiy fiklash (3,1 balldan) hamda 10 ta IQ test (3,9 balldan) sinovlaridan oʻtkazildi.

Natijalar talabalar va bank tizimi xodimlari oʻrtasida alohida-alohida aniqlandi. Unga koʻra, 1-oʻringa 4 nafar (shundan 2 nafari talaba), 2-oʻringa 8 nafar (shundan 5 nafari talaba) hamda 3-oʻringa 12 nafar (7 nafari talaba) ishtirokchilar munosib deb topildi.

Barcha gʻoliblar mos ravishda 5 800 000, 4 500 000 va 3 400 000 soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Loyiha doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Al-Xorazmiy Xalqaro olimpiada (Khiso) maktabi hamkorligida mantiqiy matematika masalalari kitobi nashr qilindi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimida ishtirokchilarga ushbu kitob ham taqdim etildi.

Taʼkidlash joiz, “SQB Math Olympiad – 2023” oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti hamda Khiso maktabi yaqindan koʻmak berdi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

05/13/2025 02:06:12 pm
«Global Money Week" doirasida yoshlar moliyaviy bilimlarini rivojlantirish yo'lida

Qashqadaryo viloyatidagi 50-umumta'lim maktabida xalqaro "Global Money Week" haftaligi doirasida o'quvchilarning moliyav ...

04/25/2025 03:35:28 pm
“Umumjahon pul haftaligi-2025” doirasida yoshlarning moliya ilmi va tarixiga oid ongi shakllanmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftal ...

04/24/2025 12:25:57 pm
SQB ish yarmarkalarida: iste’dodli yoshlar – kelajak uchun munosib investitsiya

Joriy yilning aprel oyida O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish hamda Risk departa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.09.2023 16:26  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo