SQB Qashqadaryo bank xizmatlari ofisiga universal kassir lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
08.06.2026 15:14
Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar: • Naqd pul bilan bog'liq kirim va chiqim amaliyotlarini bajarish • Jismoniy va yuridik shaxslardan naqd pullarni qabul qilish, sanash, saralash va o'rab bog'lash • Valyuta ayirboshlash, komission, kommunal va bir martalik to'lovlarni qabul qilish • Bank kartalari bilan bog'liq amaliyotlarni bajarish va mijozlarga kartalarni berish • Infokiosk, bankomat va depozit mashinalariga naqd pul qo'yish va olish • Buxgalteriya o'tkazmalarini dasturiy ta'minotdan tasdiqlash • Amaliyot kuni yakunida kassadagi naqd pul qoldig'ini kunlik hujjatlar bilan solishtirish
Talablar: • Tugallanmagan oliy ma'lumot • Ish tajribasi talab etilmaydi • Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik • O'zbek, rus va turk tillarini bilish
Ish joyi: Qashqadaryo viloyati, Qashqadaryo bank xizmatlari ofisi
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.