SQB Axborot texnologiyalari departamentining ish loyihalar bilan ishlash guruhiga ish yurituvchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
17.06.2026 16:07
Ochiq vakansiyalar soni: 6 ta shtat birligi
Hujjat aylanishi va IT yo'nalishida o'zingizni rivojlantirmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Filial rahbariyati, guruh rahbari va AT departamenti topshiriqlarini bajarish
• Bo'linma hujjat aylanishini tashkil etish va yuritish
• Kiruvchi xatlar, arizalar va topshiriqlarni o'z vaqtida ko'rib chiqish va ijro etish
• JIRA, CROBS, EHA tizimlari bilan ishlash va vazifalar ijrosini nazorat qilish
• Bo'linma faoliyati bo'yicha hisobotlar tayyorlash va ma'lumot taqdim etish
• Elektron hujjatlar arxivini yuritish
• Axborot xavfsizligi jarayonlarida ishtirok etish va tegishli hujjatlarni yuritish
• Bank tarkibiy bo'linmalari bilan hamkorlik qilish
Talablar:
• Oliy ma'lumot (axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment yoki turdosh yo'nalish)
• Ish yuritish, hujjat aylanishi, ma'muriy ish yoki IT sohasida kamida 1 yillik tajriba; IT yo'nalishidagi OTM talabalari va bitiruvchilari ham ko'rib chiqiladi
• Ish yuritish va hujjat aylanishi tamoyillarini bilish
• Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarini erkin bilish
• Elektron hujjat aylanishi tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi
• Savodli yozma va og'zaki nutq
• Mas'uliyatlilik, diqqatlilik, ijrochilik va ko'p vazifali muhitda ishlash qobiliyati
• O'zbek va rus tillarini bilish majburiy
• Ish yuritish, hujjat aylanishi yoki IT kurslari sertifikatlari — afzallik
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

57
Boshqa yangiliklar