Tadbirlar

Axborot xizmati tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida o‘tkazilgan media tadbirlar


17.01.2024

Axborot xizmati tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) o‘tkazilgan media tadbirlar

1.

Matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar

2023-yilning birinchi yarmida Bank Axborot xizmati tomonidan 3 ta matbuot anjumani, 6 ta press-tur va 3 ta brifing tashkil etildi.

Matbuot anjumanlari:

– 15-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbankning Samarqand mintaqaviy bank xizmatlari ofisida muassasaning 2022-yilgi faoliyati yakunlariga bagʻishlangan;

– 7-aprel kuni Milliy matbuot markazida “Oʻzsanoatqurilishbank tizimida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun taklif etilayotgan “yashil” kreditlar” mavzuida;

– 11-may kuni Oʻzsanoatqurilishbankning Xorazm hududiy boshqarmasida viloyatda aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda yaratilgan qulayliklarga bagʻishlangan.

Press-turlar:

– 14-fevral kuni Samarqand viloyatidagi “Bogʻi baland beverage”, “TESPACK INVESTMENT” va “BRADJUS” korxonalariga;

– 21-22-fevral kunlari Surxondaryo viloyatidagi “SURXON KSP-GRAND” va “Business Capital” korxonalariga;

– 14-mart kuni Toshkent viloyatidagi “Toshkent metallurgiya zavodi” qoʻshma korxonasiga;

– 28-mart kuni Navoiy viloyatidagi “NAVPROMLITMASH” MChJga;

– 11-may kuni Xorazm viloyatidagi “DATA UNION” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli DATA innovatsion oʻquv markaziga;

– 12-iyun kuni Buxoro viloyatidagi “BUKHARA GOLD GRANIT” va “Golden food” korxonalariga.

Brifinglar:

– 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank strategik faoliyatining 2022-yil yakunlariga bagʻishlangan;

– 22-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbankning Surxondaryo viloyatidagi Bank xizmatlari ofisida mijozlarga xizmat koʻrsatishda belgilangan ustuvorliklar, natijalar va rejalar xususida;

– 28-mart kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Navoiy hududiy boshqarmasida muassasaningning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan oʻrni, sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholiga zamonaviy xizmat koʻrsatishda amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan.

2.

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) o‘tkazilgan tadbirlar (matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar va b.)da tashkilot rahbarining ishtiroki (rahbar, rahbarning birinchi o‘rinbosari, rahbar o‘rinbosari, rahbarlar ishtirok etmagan tadbirlar soni to‘liq ko‘rsatilishi lozim).

– 15-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbankning Samarqand mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO)da muassasaning 2022-yilgi faoliyati yakunlariga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida BXO boshqaruvchisi (F. Hamidov) ishtirok etdi;

– 22-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbankning Surxondaryo viloyatidagi Bank xizmatlari ofisida “Mijozlarga xizmat koʻrsatishda belgilangan ustuvorliklar, natijalar va rejalar” mavziuda tashkil etilgan brifingda Bankning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi (B.Arziqulov) qatnashdi;

– 28-mart kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Navoiy hududiy boshqarmasida muassasaningning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan oʻrni, sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholiga zamonaviy xizmat koʻrsatishda amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlab oʻtkazilgan brifingda Bankning Navoiy hududiy boshqarmasi boshligʻi (F.Qosimov) ishtirok etdi;

– 7-aprel kuni Milliy matbuot markazida “Oʻzsanoatqurilishbank tizimida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun taklif etilayotgan “yashil” kreditlar” mavzuida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari (F.Abdurahmonov) qatnashdi;

– 10-may kuni poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” xalqaro biznes markazida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yirik loyiha – “Byudjetlashtirish” tizimining taqdimot marosimida Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari (Sh.Gultoʻraev) ishtirok etdi;

– 11-may kuni Oʻzsanoatqurilishbankning Xorazm hududiy boshqarmasida viloyatda aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda yaratilgan qulayliklarga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida Bankning Xorazm hududiy boshqarmasi boshligʻi (A.Qoʻshchanov) qatnashdi.

3.

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) axborotni yetkazib berish shakli (infografika, foto, audio, video, matn shaklida har oyda bir martadan kam bo‘lmagan holda).

Bank veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, shuningdek, Youtube’dagi rasmiy kanalda materiallar eʼlon qilingan

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Video

39

61

53

33

24

31

Infografika

2

3

6

3

3

15

Foto

82

88

135

68

21

59

Matn

103

95

105

91

55

85

4.

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) axborotni yetkazib berishda tele-radio kanallar, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallar holati.

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Matbuot

8

20

11

9

11

13

Internet

24

25

3

22

51

11

Radio

5

10

4

5

11

5

TV

3

13

11

1

4

3

Ijtimoiy tarmoq

50

27

13

28

33

18

5.

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida yoritish holati. Izoh: agar sohaga oid muammo dastlab boshqa bir

axborot manbasida yoritilgan bo‘lsa inobatga olinmaydi.

18-aprel kuni Bank ijtimoiy tarmoqlarida bank xizmatlariga oid firibgarliklar haqida

Axborot xizmati rahbarining bayonoti eʼlon qilindi.

6.

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) tanqidiy materiallarga munosabat bildirish holati (tezkorligi).

Hisobot davrida ommaviy axborot vositalati va ijtimoiy tarmoqlarda bank faoliyatiga od tanqidiy materiallar e’lon qilinmadi.

7.

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) tadbirlar haqidagi axborotning rasmiy veb-sayt, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinish holati (tezkorligi).

Rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efir tarzda oʻsha zahoti va/yoki 24 soat oraligʻida joylashtiriladi.

8.

Tashkilot rahbari yoki axborot xizmati rahbarining 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) muayyan axborot voqeligi munosabati bilan rasmiy bayonot berish holati (video formatda, matn shaklida).

2023-yil 10-yanvarda Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish hamda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo‘yicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan soʻng “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi - Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash raisi Saxi Annaklichev yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan “Oʻzbekiston24” telekanaliga intervyu berdi;

2023-yil 10-iyunda Prezident Shavkat Mirziyoevning Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifiga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuvda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev “Oʻzbekiston24” telekanaliga intervyu berdi.

9.

Axborot xizmati tomonidan 2023-yilning birinchi yarmi davomida (har oy kesimida) xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materiallar soni.

5-aprelda fitchratings.com nashrida “Joint Stock Company Insurance Company SQB Insurance” sarlavhali maqola;

28-aprelda fitchratings.com nashrida “Fitch Affirms Uzbek Industrial and Construction Bank at 'BB-'; Outlook Stable” sarlavhali maqola;

17-mayda en.trend.az nashrida “EBRD extends $25mln loan to Uzbekistan's second largest bank” sarlavhali maqola;

“The Investor” xalqaro nashrining 2023-yil may sonida “SQB'S STRATEGIC GOAL IS TO BECOME A COMPETITIVE, CUSTOMER-ORIENTED COMPANY

THAT OPERATES ACCORDING TO MARKET MECHANISMS AND IS

ATTRACTIVE TO INVESTORS AND CUSTOMERS” sarlavhali maqola.





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.01.2024 11:36  
up