Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt iqtisodiyot drayveriga aylanmoqda


17.04.2026 10:21

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt iqtisodiyot drayveriga aylanmoqda

Toshkent shahrida Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan “Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya: Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi.
 
Maʼlumki, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va ularni iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarga keng joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bugungi kunda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
Tadbir sunʼiy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyotning real sektoriga keng joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda davlat, biznes va ilm-fan oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
 
Unda sunʼiy intellekt sohasida mamlakatning asosiy drayverlari boʻlgan ilm-fan, davlat va IT-industriya vakillari bir minbarda jamlandi.
 
Ishtirokchilar fundamental va amaliy ilm-fanni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va IT-infratuzilmani kengaytirish, shuningdek, startaplar va eksportga yoʻnaltirilgan raqamli bizneslarni qoʻllab-quvvatlash kabi strategik yoʻnalishlarda oʻz qarash va yechimlarini ilgari surdi.
 
Jumladan:
 
– Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik SH. Ayupov tomonidan mamlakatda fundamental va amaliy ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yoritildi;
 
– Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari O. Pekos tomonidan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt infratuzilmasini shakllantirish masalalariga toʻxtalindi;
 
– Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi direktori A. Abdullayev tomonidan AI boʻyicha kadrlar tayyorlash va taʼlim tizimini transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi;
 
– “IT Park Uzbekistan” bosh direktori oʻrinbosari M. Muksinova tomonidan IT-ekotizim, startaplar va eksportga yoʻnaltirilgan raqamli bizneslarni rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etildi.
 
Shuningdek, konferensiya doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini moliya, sanoat, qurilish, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi kabi tarmoqlarga joriy etish, infratuzilmani raqamlashtirish va davlat boshqaruvida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
Amaliy yechim sifatida SQB tomonidan ishga tushirilgan “AI Maslahatchisi” platformasi taqdim etildi. U fuqarolarning biznes gʻoyalarini tahlil qilish, ularning rentabelligini baholash va moliyalashtirish imkoniyatlarini shakllantirish orqali tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
 
Bir soʻz bilan aytganda, bugun sunʼiy intellekt Oʻzbekistonda shunchaki texnologiya emas, u iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilayotgan, yangi ish oʻrinlari yaratayotgan va aholi daromadlarini oshirishda muhim omilga aylanmoqda.






Boshqa yangiliklar

04/22/2026 10:25:01 am
SQB ISO 50001 xalqaro va milliy sertifikatlariga ega boʻldi

Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) energiya menejmenti tizimini joriy etish va uni samarali yoʻlga qoʻyish natijasida ISO 50001 ...

04/21/2026 12:29:46 pm
Ayollar tadbirkorligi: g‘oyadan real iqtisodiy qiymatgacha

Mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish davlat siy ...

04/16/2026 03:35:08 pm
SQB tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar xavfsizlikni mustahkamlash, raqamlashtirishni kengaytirish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilgan ayrim xaridlar yuzasidan fikr-muloha ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.04.2026 10:24  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит