Yangi xizmat: bank kartalari bo‘yicha keshbek


08.04.2026 17:19

Hurmatli mijozlar!

Ma’lum qilamiz, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda bank kartalari bo‘yicha keshbek xizmati joriy etildi.

Mazkur xizmat doirasida bank kartalari orqali tovar va xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning bir qismi mijoz hisobvarag‘iga keshbek ko‘rinishida qaytariladi.

Keshbek Uzcard, Humo, Visa va MasterCard to‘lov tizimlarida emissiya qilingan bank kartalari orqali amalga oshirilgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar (retail operatsiyalar) bo‘yicha hisoblanadi.

Hisoblangan keshbek summasi har oyda — oyning birinchi ish kunida mijozning bank kartasiga o‘tkaziladi.

Mazkur xizmat uchun qo‘shimcha komissiya undirilmaydi.

E’tibor bering, keshbek naqd pul yechib olish, pul o‘tkazmalari, P2P operatsiyalari, naqd pulga tenglashtirilgan operatsiyalar, kredit to‘lovlari, shuningdek tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarga kirmaydigan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblanmaydi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

05/25/2026 11:02:37 am
Bayram va dam olish kunlarida bank ish tartibi

Hurmatli mijozlar! ...

05/21/2026 05:31:48 pm
«Yangi Toshkent» va «OsonDaromad» mahsulotlari shartlarining yangilanishi

Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, «Yangi Toshkent» ipoteka mahsuloti hamda o‘rta biznes uchun mo ...

05/21/2026 11:31:09 am
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi

Hurmatli mijozlar! Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ariza, taklif yoki shikoyatni og‘zaki, yozma y ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.04.2026 12:12  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит