“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi


21.05.2026 11:29

Hurmatli mijozlar!

Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ariza, taklif yoki shikoyatni og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda yuborishingiz mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qonuniylik, shaffoflik va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish prinsiplari asosida qabul qilinadi hamda ko‘rib chiqiladi.

Murojaat yuborishda quyidagi ma’lumotlarni albatta ko‘rsatishingizni so‘raymiz:
– familiya, ism va sharif;
– yashash manzili yoki tashkilot joylashgan manzili;
– aloqa uchun telefon raqami;
– murojaat mazmuni;
– zaruratga ko‘ra — tasdiqlovchi hujjatlar va materiallar.

Yozma va elektron murojaatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hamda murojaatni mazmunan ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

Bank bilan bog‘lanish va murojaat yuborish uchun quyidagi aloqa kanallaridan foydalanishingiz mumkin:
• Yagona Call-markaz — 1180, +998 (71) 200-43-43
• Biznes uchun kontakt-markaz — 1338
• Ishonch telefoni — +998 (78) 777-11-80
• Rasmiy veb-sayt — www.sqb.uz
• Elektron pochta — info@sqb.uz
• Bankning Telegram-boti — @sqbchat_bot
• Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishonch liniyasi va Telegram-bot — 0 800 120 8888, @sqbankitor_bot
• Bankning rasmiy veb-saytidagi “Murojaat qoldirish” onlayn shakli
• SQB Mobile mobil ilovasi

Shuningdek, siz bank Boshqaruvi Raisiga rasmiy veb-saytdagi tegishli bo‘lim orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqishni ta’minlaydi hamda murojaatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

SQB — mijozlar manfaatlari va qonun ustuvorligi yo‘lida faoliyat yurituvchi ishonchli hamkor.

Image.PNG





Boshqa yangiliklar

05/21/2026 05:31:48 pm
«Yangi Toshkent» va «OsonDaromad» mahsulotlari shartlarining yangilanishi

Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, «Yangi Toshkent» ipoteka mahsuloti hamda o‘rta biznes uchun mo ...

05/19/2026 05:43:44 pm
Ochiq muloqot tadbirlari o‘tkaziladi

Hurmatli tadbirkorlar va mijozlar! “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan 2026-yil may oyida tadbirk ...

05/19/2026 05:08:57 pm
Mikro va kichik biznes uchun depozit hamda kredit mahsulotlari shartlarining yangilanishi

Hurmatli mijozlar! “Samarali” va “Business Advance” muddatli depozitlari, shuningdek mikro va kichi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.05.2026 11:31  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит