SQB Mobile ilovasida yangi imkoniyatlar


28.08.2026 10:35

Hurmatli mijozlar!

SQB Mobile mobil ilovasi yangilandi. Endi kundalik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yanada qulay, tez va oson.

Ilovaning yangi talqinida:

  • Alipay orqali QR-kod yordamida to‘lov
    Endi Alipay tizimini qo‘llab-quvvatlovchi savdo nuqtalarida xaridlar uchun SQB Mobile ilovasi orqali, boshqa ilovalardan foydalanmasdan to‘lov qilish mumkin.
  • Yopilgan kreditlar tarixi
    Ilovada barcha yopilgan kreditlar haqidagi ma’lumotlarni jamlagan yagona bo‘lim yaratildi. Unda kreditlarga oid hujjatlarni, jumladan, ofertalar va sug‘urta polislarini istalgan vaqtda yuklab olish mumkin.
  • Ipoteka uchun onlayn ariza
    Endi arizani dastlabki tekshirish va uning Bank talablariga muvofiqligini baholash masofadan amalga oshiriladi. Arizani Bank ofisiga bormasdan, istalgan vaqtda topshirish mumkin.
  • Eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan mijozlar uchun videoqo‘llab-quvvatlash
    “Chegaralarsiz bank” loyihasi doirasida ilovada maxsus videoqo‘llab-quvvatlash xizmati ishga tushirildi. Bu bank xizmatlaridan har bir mijoz foydalanishi uchun yanada qulay sharoit yaratadi.
  • Yangilangan interfeys va yuqori samaradorlik
    QR-kod skaneri hamda rekvizitlar bo‘yicha to‘lov bo‘limining dizayni yangilandi. Shuningdek, ilovaning ishlash tezligi va barqarorligi oshirildi.

SQB Mobile ilovasini yangilang va yangi imkoniyatlardan hoziroq foydalaning!





Boshqa yangiliklar

09/15/2026 05:25:32 pm
«ISHONCH» krediti shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan «ISHONCH» krediti shartla ...

09/14/2026 05:45:00 pm
UZCARD’ning «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida sovrinlarni yutib oling

Hurmatli mijozlar! UZCARD to‘lov tizimi barcha karta egalarini, jumladan, SQB tomon ...

09/14/2026 04:26:25 pm
Bank xizmatlari tariflaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank xizmatlari tariflar ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.08.2026 10:36  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит