
Joriy yilning 29-30-aprel kunlari O‘zsanoatqurilishbank rahbar xodimlari Andijon va Namangan viloyatlarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tadbirlar davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida banklar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan so‘nggi islohotlar, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar, imtiyoz va preferensiyalar xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi asosida ajratilayotgan soddalashtirilgan kreditlar haqida ham batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar e’tiboriga bank mahsulot va xizmatlari hamda bank amaliyotlarini onlayn bajarishga oid yechimlar taqdimot qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda tadbirkorlarning o‘z faoliyatini kengaytirish, zamonaviy uskunalar va xom ashyolar xarid qilish, yangi loyihalar uchun kredit olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Qator masalalar joyida hal etildi, o‘rganish talab etilgan muammolar esa, bank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bank axborot xizmati
Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...
Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyid ...

