
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi bank xizmatlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda mavjud imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda 40ga yaqin tadbirkor ishtirok etib, biznesni kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag‘larini jalb etish masalalari muhokama qilindi. Bank mutaxassislari har bir murojaatni amaldagi qonunchilik va bank tartib-taomillari asosida ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Mazkur uchrashuv tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda bank va biznes hamjamiyati o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bank tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlanga ...
Toshkentda O’zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoati vakillari ishtirokida keng ko’lamli ochi ...
Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini sog‘lomlashtirish va biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatla ...

