SQB Mikro va kichik biznes departamentining mijozlar xizmatini rivojlantirish xizmatiga yuridik shaxslar uchun kontakt markazi guruhi yetakchi operator lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


19.06.2026 10:04

Mijozlarga masofaviy xizmat ko’rsatish, yuridik shaxslar bilan ishlash va bank mahsulotlari bo’yicha maslahat berish sohasida tajribaga ega hamkasblarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslardan telefon, elektron pochta, chat va messenjerlar orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash
• Mijozlarga Bank mahsulotlari, xizmatlari, tariflari va tartib-taomillari bo’yicha to’liq va ishonchli ma’lumot taqdim etish
• Mijozlarning savollariga tezkor javob berish va yuzaga kelgan muammolarni hal etishda ko’maklashish
• Mijozlarga xizmat ko’rsatish standartlariga rioya etilishini ta’minlash
• Murojaatlar bo’yicha zarur ma’lumotlarni tizimlarga kiritish va hisobotlarni yuritish
• Mijozlar bilan samarali muloqotni yo’lga qo’yish va ularning qoniqish darajasini oshirish

Talablar:
• O’rta maxsus yoki undan yuqori ma’lumot
• Kamida 1 yillik ish tajribasi
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo’yicha tushunchaga ega bo’lish
• Qo’ng’iroqlarni savodli va aniq boshqarish, konfliktli vaziyatlarni hal qilish ko’nikmasi
• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va muammolariga yechim taklif qila olish
• Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalanish ko’nikmasi
• O’zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

06/24/2026 03:46:35 pm
SQB Al-Xorazmiy bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga osh ...

06/24/2026 03:45:04 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisiga kichik servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimi ...

06/23/2026 12:16:04 pm
SQB Marketing departamenti Xodimlar sifati va rivojlantirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmat standartlarini takomillashtiris ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.06.2026 10:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит