SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Elektron hujjat aylanishi nazorati xizmati katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


19.06.2026 16:53

Elektron hujjat aylanishi, ijro intizomini nazorat qilish va bankning ichki jarayonlarini takomillashtirish yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• EHA tizimida elektron hujjat aylanishi jarayonlarini nazorat qilish
• Elektron hujjatlarni yaratish, kelishish, rasmiylashtirish va ijrosini monitoring qilish
• Ijro intizomi va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish
• Elektron hujjat aylanishi ma’lumotlar bazasini yuritish
• EHA tizimini takomillashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash
• Topshiriqlar ijrosini monitoring qilish hamda tarkibiy bo‘linmalarga tegishli xabarnomalar yuborish
• Bank rahbariyati yig‘ilishlari bo‘yicha bayonnomalar va tadbirlar rejalarini EHA tizimida yuritish
• Xizmat xatlari va murojaatlarga javoblar tayyorlash
• Bank bo‘linmalari, BXO va BXMlarda hujjat aylanishi hamda ijro intizomi holatini o‘rganish
• Elektron hujjat aylanishi masalalari bo‘yicha metodik va amaliy ko‘mak ko‘rsatish

 Talablar:
• Moliya, iqtisodiyot, bank ishi yoki menejment yo‘nalishida oliy ma’lumot
• Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi
• Elektron hujjat aylanishi tizimlari va bankning ichki jarayonlari bilan ishlash tajribasi
• Analitik materiallar tayyorlash va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish tajribasi ustunlik beradi
• Elektron hujjat aylanishi, ijro intizomi va arxiv ishlarini yuritish tamoyillarini bilish
• MS Office dasturlarini (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) yaxshi bilish
• EDO tizimi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz tili ustunlik beradi)
• Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik, tashkiliylik va analitik fikrlash qobiliyati

 Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

06/24/2026 03:46:35 pm
SQB Al-Xorazmiy bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga osh ...

06/24/2026 03:45:04 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisiga kichik servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimi ...

06/23/2026 12:16:04 pm
SQB Marketing departamenti Xodimlar sifati va rivojlantirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmat standartlarini takomillashtiris ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.06.2026 10:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит