SQB Axborot texnologiyalari departamenti IT tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni boshqarish xizmati Korporativ tizimlarni qo‘llab-quvvatlash guruhi kichik menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


23.06.2026 12:14

Biz bankning korporativ axborot tizimlari, EHA platformalari va masofaviy bank xizmatlari uzluksiz ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsatish hamda yangi raqamli yechimlarni joriy etishda ishtirok etadigan mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bankning korporativ axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish va ularni qo‘llab-quvvatlash.
• Bank axborot tizimlari bo‘yicha foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsatish.
• EHA tizimlari va korporativ servislarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari va filiallariga axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish.
• Yangi dasturiy mahsulotlar va raqamli texnologiyalarni joriy etishda ishtirok etish.
• Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari, yetkazib beruvchilari va tashqi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
• Elektron arxivlarni yuritish va ma’lumotlarning zaxira nusxalarini saqlashni ta’minlash.
• Masofaviy bank xizmatlari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash.
• JIRA, EHA va boshqa korporativ tizimlar orqali kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va bajarish.

 Talablar:
• Axborot texnologiyalari, axborot tizimlari, kompyuter fanlari, amaliy informatika, iqtisodiyot yoki bank ishi yo‘nalishlarida oliy ma’lumot.
• Bank sohasida yoki IT yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Korporativ axborot tizimlari ishlash tamoyillarini bilish.
• Elektron hujjat aylanishi jarayonlarini tushunish.
• Bank dasturiy ilovalari va masofaviy bank xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish.
• Vazifalar va loyihalarni boshqarish tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Foydalanuvchilarda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish va tezkor hal etish qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

06/24/2026 03:46:35 pm
SQB Al-Xorazmiy bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga osh ...

06/24/2026 03:45:04 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisiga kichik servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimi ...

06/23/2026 12:16:04 pm
SQB Marketing departamenti Xodimlar sifati va rivojlantirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmat standartlarini takomillashtiris ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.06.2026 12:15  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит