Davlat dasturlari ijrosi

Bank ko‘magidagi rivoj odimlari


15.05.2025 12:25

Bank ko‘magidagi rivoj odimlari

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashda muhim qadamlar tashlanmoqda. Ushbu jarayonda O‘zsanoatqurilishbank sa’y-harakatlari hududda yangi loyihalarni ishga tushirish, mavjud korxonalar faoliyatini yana-da kengaytirish hamda vohaliklar turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xususan, Termiz tumanida joylashgan “Surxon savdo olami” mas’uliyati cheklangan jamiyati (MChJ) rahbari Nosirbek Umbarov o‘z biznes faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan paytda moliyaviy yordamga muhtoj edi. Uning tibbiyot jihozlari va mebellar ishlab chiqarish loyihasi katta salohiyatga ega bo‘lsa-da, unga sarmoya kerak edi. Ana shunday paytda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan taqdim etilgan qariyb 1 mlrd. so‘mlik kredit tadbirkorga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi. 2024-yil yakuniga kelib, korxona aylanmasi 1,7 mlrd. so‘mga yetdi, qo‘shimcha ish o‘rinlari barpo etildi.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Suxrob-baraka-iftixor” MChJ faoliyati ham bank ko‘magi bilan yangi bosqichga ko‘tarildi. Korxonaning alyuminiy eshik va romlar ishlab chiqarish loyihasiga bankdan 1,3 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilib, mahsulotlar mahalliy bozorda raqobatdosh bo‘ldi. O‘tgan yilda korxona 1,2 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanida “Abbosbek Abad” MChJ rahbari Nigora Iskandarova tomonidan amalga oshirilayotgan gazablok ishlab chiqarish loyihasiga ham bank kreditlari moliyaviy tayanch bo‘ldi. Ayni paytda korxonada 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan, shu yilning o‘tgan davrida 343 mln. so‘mlik aylanma amalga oshirilgan.

Bugun bank faoliyati bu kabi loyihalar bilan cheklanib qolmagan. Prezidentimiz boshchiligida 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilgari surilayotgan islohotlar ijrosi doirasida yanvar-aprel oylari davomida 44 200dan ziyod yurtdoshimiz tadbirkorlikka jalb etildi, 26 300 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 70 500dan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, hududda 818 ta mikroloyiha asosida 1600dan oshiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash, umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish va kam ta’minlangan oilalarga mevali daraxtlar ekish ishlari olib borildi.

Aytish joizki, ayni paytda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan vohadagi tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ishlar tizimli davom etmoqda.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

06/09/2025 02:47:21 pm
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy sanoat va tadbirkorlni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...

05/16/2025 12:56:53 pm
Energiya samaradorligi – iqtisodiy yuksalish garovi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...

04/21/2025 04:49:22 pm
Qurilish materiallari sanoatida energiya samaradorligi – kelajak investitsiyasi

Tabiatda energiya tayyor holatda mavjud emas. U tabiiy manbalarni sarf etish orqali ishlab chiqariladi, yaratilad ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.05.2025 12:26  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo