Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
To'lov turini tanlang
Yillik foiz miqdori (%)
Pasport yoki ID-karta
Qurilishda ulush ishtiroki shartnomasi
Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar (oylik, pensiya, YATT va boshqalar)
Ta'minot hujjatlari
Kredit Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmaganlarga beriladi.

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kreditning maqsadi
Ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishida ulush ishtirokini moliyalashtirish — bank bilan umumiy moliyalashtirish to‘g‘risida bosh kelishuv tuzilgan obyektlar bo‘yicha.
Yillik foiz stavkasi:
Garov rasmiylashtirilgunga qadar:
Markaziy bank asosiy stavkasi + 9% (qarz yuki hisobida qo‘llaniladi).
Garov rasmiylashtirilgandan so‘ng:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hisobidan: MB asosiy stavkasi + 4%
Bank mablag‘lari hisobidan: MB asosiy stavkasi + 11,55%
Ayrim hollarda: MB asosiy stavkasi + 6% (pasportda belgilangan variantlar bo‘yicha)
Kreditning maksimal miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun: 500 mln so‘mgacha
Toshkent shahri uchun: 800 mln so‘mgacha
Boshlang‘ich to‘lov:
Xonadon qiymatining kamida 20% miqdorida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurs mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti uchun — kamida 15%.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka krediti uchun — kamida 5%
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi resurs mablagʻlari hisobidan beriladigan ipoteka krediti uchun – 25%
Imtiyozli davr:
Differensial grafik bo‘yicha 6 oygacha (mijoz xohishiga ko‘ra)
To‘lov jadvali:
Annuitet/differensial (mijoz xohishiga ko‘ra)
Kreditning maksimal muddati:
20 yil
Moliyalashtirish manbai:
• Qurilish bosqichida — bank mablag‘lari
• Xonadon foydalanishga topshirilgach — Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari + bank mablag‘lari
Kredit ta'minoti:
Xonadon garovga qo‘yilguniga qadar:
• Yuridik shaxs kafilligi (kamida 125%, aloqador shaxslar uchun 130%).
• Yuridik shaxs depoziti (uy qiymatining kamida 20%).
• Qo‘shimcha mol-mulk garovi (LTV ≤ 80%).
• Bank talablariga muvofiq boshqa ta’minot.
Xonadon garovga qo‘yilgandan so‘ng:
• Rasmiy kadastr hujjatlarida bank nomiga garov sifatida rasmiylashtirilgan sotib olinayotgan uy-joy (LTV ≤ 80%).
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha LTV ≤ 75%, ta’minot kamida 133%.
Qo'shimcha shartlar:
• Boshlang‘ich badal quyidagicha o‘tkaziladi:
– “Kafolat-3” depozit hisob raqamiga, yoki
– akreditatsiyadan o‘tgan quruvchining hisobiga (to‘lov tasdig‘i bilan)
• Ipoteka faqat akreditatsiyadan o‘tgan obyektlar uchun taqdim etiladi
• Mijoz boshqa kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi kerak
• Dasturda faqat bir marta ishtirok etish mumkin (ilgari davlat ipotekasidan foydalanmagan mijozlar uchun)
• Kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida qarz oluvchi 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak
Ipoteka krediti olish uchun ariza topshirgan paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 18 yoshdan katta, kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida esa 70 yoshdan oshmagan (shu jumladan) bo‘lishi kerak.
doimiy ish joyiga, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.
ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va kreditni oxirgi soʻndirish vaqtida 70 yoshdan (70 yosh ham kiradi) oshmagan boʻlishi;
doimiy ish joyiga, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.
Jismoniy shaxslar:
Ariza topshirilgan kunda 18 yoshdan katta va kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmagan (70 yosh ham kiradi) bo‘lishi;
Doimiy ish joyiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi (ish haqi, pensiya, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad va boshqalar) — bu daromadlar kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlarni qoplash uchun yetarli bo‘lishi shart;
Amaldagi kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (Qarz oluvchi YaIDXPdan foydalangan holda raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega). Qarz oluvchi harbiy xizmatchi boʻlgan taqdirda uning harbiy guvohnomasini vizual identifikatsiyadan oʻtkazgan holda, uning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdan nusxa olinadi;
Daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar/elektron maʼlumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Kredit taʼminotiga doir hujjatlar; Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin
Rasmiy daromadga ega boʻlmagan qarz oluvchilar uchun Davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (zarur hollarda); Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (Birgalikda qarz oluvchi YaIDXPdan foydalangan holda raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega). Birgalikda qarz oluvchi harbiy xizmatchi boʻlgan taqdirda uning harbiy guvohnomasini vizual identifikatsiyadan oʻtkazgan holda, uning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdan nusxa olinadi;
Daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar/elektron maʼlumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin); Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish mumkin);
Harbiy xizmatchilar uchun — harbiy guvohnoma (vizual identifikatsiya asosida) va pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar / elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin).
📝 Hujjatlar asl nusxada va/yoki tasdiqlangan nusxada taqdim etiladi. Ba’zi ma’lumotlar bank tizimlari orqali elektron tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin.

