«Avto imkon» avtokrediti

Birlamchi bozordan yangi avtomobilni sotib olish hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyati

Onlayn maslahat
Avtokredit

Boshlang'ich to'lov

25% dan

Foiz stavkasi

20% dan

To‘lov muddati

60 oygacha

Kredit miqdori

800 mln so‘mgacha
2 daqiqada
dastlabki javobni oling!

Onlayn arizani to'ldiring va bank qarorini hoziroq bilib oling! To'ldirish uchun sizga pasport yoki ID-karta ma'lumotlari kerak bo'ladi.

Orzuingizdagi avtomobilni
qanday qilib olish mumkin?
Uch bosqichdan o'ting:

Veb-saytda dastlabki arizani to'ldiring, yoki telefon orqali / bank ofisida maslahat oling

Avtokredit berish bo'yicha bankning dastlabki qarorini bilib oling

Dastlabki to‘lovni amalga oshiring, kredit shartnomasini tuzing va avtomobilning faxrli egasiga aylaning!

Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar

  • Birlamchi bozorda avtomobil sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi

  • Avtomobil xarid qilingandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar

Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 18 yoshdan 65 yoshgacha (65 yosh ham kiradi) bo‘lgan shaxslarga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile mobil ilovasi orqali

SQB Mobile yuklab olish
Sizning kreditingiz ma'qullanganligini
va qanchaligini bilib oling
Avtokredit
Avtomobilingizning markasi va modelini tanlang
Avtomobilning modeli, rangi va jihozlari mavjudligi haqida ma'lumot olish uchun dilerlik markaziga murojaat qiling
Avtomobil narxi
To'lov turini tanlang
Annuitet
Differensial
Kredit muddati
Boshlang'ich to'lov

To'lov jadvali

Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan.
Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.

Foydali ma’lumot
  • Kredit shartlari
  • Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo‘shimcha talablar
Asosiy ma'lumotlar
deposit currency

Kredit maqsadi

Birlamchi bozordan M1, M2 va N1 toifasidagi yangi avtomobilni sotib olish hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish.

deposits

Kredit muddati:

60 oygacha

deposit withdraval

Imtiyozli davr:

3 oy (differensial to‘lov jadvali bo‘yicha)

deposit percent

Kredit miqdori:

800 million so‘mgacha

deposit withdraval

Boshlang‘ich badal:

avtomobil qiymatining oldi-sotdi shartnomasiga asosan kamida 25 %

deposit withdraval

To'lov jadvali:

annuitet / differensial
deposits page

Kredit ta’minoti:

sotib olinayotgan avtomobil garovi

deposits page

Kredit valyutasi:

milliy valyuta — so‘m

deposits page

Foiz stavkalari:

20 % — kredit muddati 12 oygacha

21 % — kredit muddati 36 oygacha

22 % — kredit muddati 60 oygacha



Qo'shimcha shartlar:

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar davlat soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.

Avtokredit olgan mijozlar sug‘urta polisi uchun to‘lovlarni kredit mablag‘lari hisobidan to‘lashlari mumkin.




Hujjatlar

«Avto imkon» avtokrediti bo‘yicha kredit shartnomasi

Yuklab olish
download

«Avto imkon» avtokrediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi

Yuklab olish
download

«Avto imkon» avtokrediti bo‘yicha avtomobil garovi shartnomasi

Yuklab olish
download

Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi
  • kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi
  • doimiy ish joyiga yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi
  • muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
  • ilgari olingan kreditlar va berilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, biroq qarz oluvchining to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari tekshiriladi
  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi
  • iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlar bo‘yicha jami asosiy qarz miqdorining o‘rtacha oylik daromadga nisbati 8 barobardan oshmasligi
  • 3 tagacha birgalikda qarz oluvchi jalb qilinishi mumkin

Qo‘shimcha:

  • Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadi daromadni tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
  • Mavsumiy ishlarda faoliyat yurituvchi qarz oluvchilar uchun oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida olingan daromadlar qabul qilinishi mumkin.

Qarz oluvchi uchun

  1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
  2. Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
  3. Avtomobil oldi-sotdi shartnomasi
  4. Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — bank hisobvaraqlari yoki bank kartalariga tushgan tushumlar hisobga olingan hollarda
  5. Zarur hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar

Birgalikda qarz oluvchi uchun

  1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
  2. Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
  3. Zarur hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar

Qo‘shimcha talablar

  • kredit birlamchi bozordan yangi avtomobil sotib olish uchun ajratiladi
  • kredit mablag‘lari avtomobil oldi-sotdi shartnomasi asosida sotuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi
  • kredit mablag‘lari bosqichma-bosqich ajratilishi mumkin
  • qolgan kredit mablag‘lari o‘tkazilishidan oldin avtomobil VIN raqami asosida taqiqqa olinishi yoki garovga qo‘yilishi lozim
  • avtomobil ta’minot sifatida rasmiylashtirilmasdan kredit ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan dastlabki avans to‘lovi uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari mustasno
  • avtomobil qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng bank garoviga taqdim qilinishi lozim
  • sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning to‘liq muddatiga tuziladi;
  • avtomobil garovga qabul qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi taqdim qilinishi mumkin
  • avtomobil garovga olingandan so‘ng sug‘urta polisi garov sug‘urtasiga almashtiriladi
  • kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi (LTV) 75 % dan oshmasligi lozim


Kredit bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar:
  • Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari
  • Avtomobil sug‘urtasi xarajatlari
Ehtimol, sizni qiziqtirishi mumkin
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan.

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

ipoteka kredit
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.


up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo