Corporate green loan

Quyosh panellarini sotib olish

Mahsulot haqida

Loyiha qiymatining 70%idan oshmagan miqdorgacha

Kreditning maksimal miqdori

60 oygacha

Kredit muddati

12 oygacha

Imtiyozli davr

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

Yillik 21 %

Kredit stavkasi milliy valyutada

Yillik 8 %

Kredit stavkasi xorijiy valyutada

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalarini sotib olish, eko-transport ishlab chiqarish va sotib olish, mavjud binolarni energiya tejamkorga o'zgartirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, suvdan oqilona foydalanish hamda energo audit o'tkazish xarajatlarini moliyalashtirish hamda boshqa "yashil" loyihalarni moliyalashtirish uchun

Valyuta:

UZS, USD, EUR

Kredit muddati:

- ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag’larni to’ldirish uchun – 12 oygacha
- investitsion loyihalarning o’zini qoplashi hamda Bankda mavjud resurslar muddatidan kelib chiqib, Bankning o’z mablag’lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada – 60 oygacha
- jalb qilingan mablag’lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq
- jalb qilingan “yashil” obligatsiyalar hisobidan ajratiladigan, shuningdek Bank o’z mablag’lari hisobidan ajratiladigan va keyinchalik “yashil” obligatsiya resurslari bilan qoplanishi (возмещение) ko’zda tutilgan milliy

Foiz stavkasi:

milliy valyutada: yillik 21%
xorijiy valyutada: yillik 8%

Kredit miqdori:

loyiha qiymatining 70%idan oshmagan miqdorgacha

Kreditni ta'minoti:

kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur

Mulkiy ta’minot:

- ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog‘ozlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;

- mulkiy ta’minot kredit ajratilgunga qadar kredit summasining 65%idan kam bo‘lmagan qiymatda;

- qolgan qismiga kredit hisobiga tashkil etilayotgan asosiy vositalar olinadi. Mazkur holatda garov yetarli bo‘lmagan holda ta’minotning boshqa turlaridan biri qabul qilinadi.

Nomulkiy ta’minot:

kredit summasining 125%ini qoplash uchun yetmagan qismiga kafillik, korxona hisob raqamiga kelgusida kelib tushadigan pul oqimlari garovi, sug‘urta polisi va jamg‘armaning kafilligi


Hujjatlar
Mijoz tomonidan “Guarantee” mahsulotidan foydalanish uchun taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati:

1.  Ariza;

2.  Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bundan mustasno);

3.  Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);

4.  Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda hisobot oyining 1 kuniga tayyorlangan tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti);

5.  Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;

6.  Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chikarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, mahsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);

7.  Karz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;

8.  Shartnoma tovar yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belorussiya va Eron davlatlarida ro'yxatdan o'tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning sanksiya bilan bog'liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Champers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 kabi) Tier 1 / Band 1 reytingiga ega xalqaro yuridik kompaniyalar ijobiy xulosasi;

9.  Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa xujjatlar xam so‘ralishi mumkin.


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 31.07.2024 15:56  
up