• Bosh sahifa
  • Greennews
  • ESG talablari amalda: SQB issiqxona gazlari bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazdi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z faoliyatidan kelib chiqadigan issiqxona gazlari miqdorini aniqlash (inventarizatsiya qilish) ishlarini olib bordi. Bu jarayon bankning barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyatiga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.

Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Uning inson hayoti, salomatligi va iqtisodiy faoliyatga ta’siri jahon miqyosida jiddiy muhokama qilinmoqda. Shu bois har bir tashkilotdan ekologik xavf-xatarlarni baholash, ularni kamaytirish bo‘yicha aniq va amaliy choralar talab etilmoqda.

SQB tomonidan amalga oshirilgan inventarizatsiya xalqaro e’tirof etilgan GHG Protocol va IPCC metodologiyalari asosida malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Bu jarayonda bank faoliyati bilan bog‘liq barcha, jumladan, qozonxonalar va generatorlar, xizmat mashinalari, sovitish tizimlari, elektr energiyasi iste’moli kabi asosiy manbalar hisobga olindi.

Natijalarga ko‘ra, bankning issiqxona gazlari chiqindilari quyidagicha shakllandi:

Scope 1 (to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqindilar): 1 981.9 tonna CO₂ ekvivalentida;

Scope 2 (bilvosita chiqindilar, lekin nazorat qilinadigan): 4 654.5 tonna CO₂ ekvivalentida.

O‘tkazilgan tahlillar bank uchun faqat hisobot vazifasini o‘tamay, balki qator amaliy va strategik afzalliklar ham yaratadi. Xususan, tizimda energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi, “yashil” moliyaviy mahsulotlarni rivojlantiradi, investorlar hamda reyting agentliklari oldidagi ishonchni yanada mustahkamlaydi, xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va boshqarish hamda qonunchilik talablariga samarali moslashishni ta’minlaydi.

2019-2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida O‘zsanoatqurilishbank nafaqat xalqaro talablarga mos ravishda hisobot yuritmoqda, balki ekologik xavf-xatarlarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish, uglerod izini qisqartirish kabi yo‘nalishlarda izchil sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu borada bank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda ESG strategiyasi, ekologik siyosat, suvni tejash va chiqindilarni boshqarish tartiblari ishlab chiqilgan.

Aytish joiz, SQB'ning ushbu yo‘nalishdagi barcha sa’y-harakatlari ekologiyani muhofaza qilish bilan birga, jamiyatdagi ijtimoiy mas’uliyatni oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hamda xalqaro moliya hamjamiyatida raqobatbardosh bo‘lishga xizmat qilmoqda.

Bank axborot xizmati




Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo