Ushbu natija hukumatimiz tomonidan bank-moliya sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, shuningdek, bankning barqaror rivojlanishi, xalqaro kapital bozorlaridagi faolligi va ESG yo‘nalishidagi tashabbuslari e’tirofi hisoblanadi.
2025-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra:
- Sof foyda — 115,3 mln dollar (+73%)
- Jami aktivlar — 7,8 mlrd dollar (+13%)
- Kapital rentabelligi — 17,4%
“Moody’s” agentligi tomonidan taqdim etilgan reyting SQBning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investorlar ishonchini mustahkamlash va mahalliy tadbirkorlar uchun qulay shartlarda moliyaviy resurslar jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Moody’s” reytingi — bu ishonch, barqarorlik va yangi xalqaro imkoniyatlar sari muhim qadamdir.

