“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbank reytingini oshirdi


Jahonning nufuzli reyting agentliklaridan biri — “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini BB/B darajagacha oshirdi.

Mazkur ijobiy baholash O‘zbekistonning suveren kredit reytingi yaxshilanganidan so‘ng amalga oshirilgan bo‘lib, mamlakatimizdagi makroiqtisodiy barqarorlik, tizimli islohotlar va iqtisodiy o‘sish istiqbollariga bo‘lgan ishonchning yana bir tasdig‘idir.

Bank yirik moliya muassasalaridan biri sifatida respublikamizda amalga oshirilayotgan moliyaviy islohotlar va barqaror rivojlanish siyosatini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
So‘nggi yillarda SQB o‘z faoliyatida keng ko‘lamli transformatsiya, optimizatsiya hamda xalqaro standartlarni joriy etish orqali tizimli yangilanish yo‘lini tutdi.

2024-yil yakunlari bo‘yicha bankning sof foydasi 1,3 trln so‘mni, kapital rentabelligi (ROE) esa 13,9 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, bank O‘zbekiston bank-moliya sektori tarixida ilk marotaba London fond birjasida 144A/RegS formatida xalqaro qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishga erishdi.

Transformatsiya jarayonlariga xalqaro moliya institutlari ekspertlari va yetakchi konsalting kompaniyalari jalb etildi. “Yashil moliyalash” tamoyillari asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida bank kredit portfelida “yashil” kreditlar ulushi 11 foizga yetkazildi.

SQB xalqaro moliya tashkilotlari va nashrlari tomonidan 20 dan ziyod nominatsiyada munosib deb topilib, yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Kredit reytingining oshirilishi bankning xalqaro investitsiyaviy jozibadorligini yana-da mustahkamlab, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, xalqaro kapital bozorlaridan resurslarni qulay shartlarda jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, biznes subyektlar uchun moliyalashtirish shartlarini yana-da qulaylashtirishga turtki bo‘ladi.

Bank axborot xizmati



Oxirgi yangilanish sanasi: 16.01.2026 16:20  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo