10 mlrd so‘mgacha
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
24 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqa valyutalar
Kredit valyutasi
Bank tomonidan belgilangan stavkadan past emas
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes subyektlari uchun
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan mikro va kichik biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirish, jumladan:
aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
investitsion loyihalarni amalga oshirish;
bino va inshootlarni sotib olish;
uskunalar va maxsus texnika sotib olish;
investitsion faoliyat bilan bog‘liq avtotransport vositalarini sotib olish;
investitsion faoliyat bilan bog‘liq qurilish maqsadlari
(PF-93 doirasidagi uy-joy qurilish loyihalari moliyalashtirilmaydi);maqsadsiz kredit (shartnoma doirasida).
kredit va foizlarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar va yuridik shaxs ulushlarini sotib olish, ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish hamda mahsulot pasportida ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar uchun.
Valyuta:
Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xorijiy valyutada kredit ajratilmaydi.
Kredit muddati:
Investitsion loyihalar uchun — 60 oygacha
Maqsadsiz kredit — 60 oygacha
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga muvofiq
Imtiyozli davr:
Aylanma mablag‘lar uchun — 3 oygacha
Investitsion loyihalar uchun — 24 oygacha*
Maqsadsiz kredit — 6 oygacha
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga muvofiq
* Investitsion loyihalarda imtiyozli davr biznes-rejada asoslantirilishi lozim.
Foiz stavkasi
Milliy valyutada (Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan):
Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10 foiz punktdan kam bo‘lmagan miqdorda.
Xorijiy valyutada / jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
Bankning tegishli operatsiyalar bo‘yicha amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.
Agar maqsadli resurslar bo‘yicha stavka normativ hujjatlar bilan belgilangan bo‘lsa — belgilangan stavka qo‘llaniladi.
Kredit miqdori:
Maqsadsiz kreditlar bo‘yicha — 7 000 dan 300 000 AQSh dollari ekvivalentigacha
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar uchun — 500 mln so‘mgacha
Mijozning barcha banklardagi umumiy kredit qarzdorligi — 10 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim
Kredit ta’minoti:
• Kredit ta’minotining umumiy hajmi — kredit summasining kamida 125%i.
• “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi taqdim etilgan taqdirda, mulkiy garov miqdori umumiy ta’minot hajmidan kafillik summasi ayrilgan holda belgilanadi.
Investitsion loyihalar uchun:
• dastlabki ko‘chmas mulk garovi — kredit summasining kamida 70%i;
• ta’minotning qolgan qismi (kredit summasining kamida 55%i) kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar va/yoki kredit mablag‘lari hisobiga quriladigan bino-inshootlar bilan ta’minlanishi mumkin.
Bunday garov rasmiylashtirilguniga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi.
Mulkiy garov:Ko‘chmas mulk (Bank talablari asosida)
Turar joy obyektlari — 50%gacha diskont bilan
Qabul qilinmaydi: yengil konstruksiyali savdo pavilyonlari, issiqxona va parrandachilik komplekslari, bekatlar
Avtotransport — ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan
Maxsus texnika — ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan
Pul mablag‘lari (kredit valyutasida)
Kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar
Qurilayotgan obyektlar — kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng
Garov baholash bo‘yicha alohida shart:
- Ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha diskont mustaqil baholovchi tashkilot hisobotiga asosan belgilanadi.
- Bank tomonidan qabul qilinadigan baholash qiymati “E-baholash” MChJ tomonidan aniqlangan qiymatdan oshmasligi lozim.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritishi;
• kredit yuklamasi — 150% dan oshmasligi lozim
(oshgan taqdirda yuridik shaxs kafilligi olinadi);
• amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
• “shubhali” yoki “umidsiz” deb tasniflangan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;
oxirgi 12 oy davomida:
• 61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
• 90 kundan ortiq kechikish — ruxsat etilmaydi;
• KATM reytingi — 200 balldan kam bo‘lmasligi;
• 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
• biznes ro‘yxatdan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi
(PF-93 doirasidagi loyihalar uchun — kamida 2 yil);
• barcha banklardagi umumiy kredit qarzi — 10 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim.
kredit olish uchun ariza;
oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari;
zarur hollarda choraklik hisobot;
shartnoma (oldi-sotdi / import);
TIA yoki biznes-reja (investitsion loyihalar uchun);
hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar to‘g‘risida ma’lumot;
mustaqil baholovchi hisoboti (agar garov — mulk bo‘lsa);
garov hujjatlari.
ariza;
Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi
hisobraqam aylanmalari to‘g‘risida ma’lumot
shartnoma
ta’minot hujjatlari
bank so‘roviga ko‘ra boshqa hujjatlar.
Hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va ta’minot talablari ariza ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra Bank tomonidan belgilanadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 10.03.2026 16:30














