10 mlrd so‘mgacha (ekvivalentda)
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqa valyutalar
Kredit valyutasi
Bank tomonidan belgilangan stavkadan past emas
Kredit stavkasi
Xorazm viloyati tadbirkorlari uchun
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
• maqsadsiz kredit;
• aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
• asosiy vositalarni sotib olish.
Maqsadsiz kredit quyidagi maqsadlar uchun ajratilmaydi:
• kredit qarzdorligi va foizlarni so‘ndirish;
• uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
• qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
• yuridik shaxs ulushlarini sotib olish;
• veksel to‘lovlarini amalga oshirish;
• mablag‘larni ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish;
• moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;
• kafilliklar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish.
Valyuta:
• Milliy valyuta (so‘m)
• Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kreditlar
ajratilmaydi.
Kredit muddati:
• maqsadsiz kredit — 60 oygacha;
• aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 18 oygacha;
• asosiy vositalarni sotib olish — 60 oygacha.
Imtiyozli davr:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan kredit ajratilganda:
• maqsadsiz kredit — 6 oygacha;
• aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 3 oygacha;
• asosiy vositalarni sotib olish — 6 oygacha.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan kredit ajratilganda imtiyozli davr jalb qilingan resurslar shartlariga muvofiq belgilanadi.
Foiz stavkasi
• Milliy valyutada bankning o‘z mablag‘lari hisobidan kredit ajratilganda foiz stavkasi <>Markaziy bank asosiy stavkasi + 10%dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
• Xorijiy valyutada va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan kredit ajratilganda foiz stavkasi bankning amaldagi stavkalariga muvofiq belgilanadi.
Kredit miqdori:
• maqsadsiz kredit — 50 mln so‘m ekvivalentidan 5 mlrd so‘m ekvivalentigacha;
• aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalarni sotib olish uchun —
50 mln so‘m ekvivalentidan 10 mlrd so‘m ekvivalentigacha.
Kredit ta’minoti:
Kredit quyidagi ta’minot turlari bilan ta’minlanishi mumkin:
• ko‘chmas mulk;
• avtotransport vositalari (ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan);
• pul mablag‘lari;
• kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar;
• uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
• kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.
Kreditni ajratish shakli:
Kredit quyidagi shakllarda ajratilishi mumkin.
Maqsadsiz kredit ajratilganda:
• naqd pul ko‘rinishida;
• bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;
• mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun:
• mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Asosiy vositalarni sotib olish uchun:
• mahsulot yetkazib beruvchi korxona hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
loyiha ko‘rib chiqilayotgan bank tarmog‘idan 200 km radiusgacha hududda faoliyat yuritishi;
biznes faoliyati muddati kamida 6 oy bo‘lishi;
so‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda faoliyat bilan bog‘liq tushumlar mavjud bo‘lishi;
KATM ma’lumotnomasiga ko‘ra minimal skoring balli 200 dan kam bo‘lmasligi;
barcha banklar oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
“qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasiga tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
kreditlar bo‘yicha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.
Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
kredit olish va mulkni garovga qo‘yish bo‘yicha ta’sischilar roziligi (zarur hollarda);
garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumotnoma (asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa);
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr hujjatlari;
avtotransport vositalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
faoliyat joyi bilan bog‘liq hujjatlar;
loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 12.03.2026 12:38














