Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati
Ish joyi: Toshkent viloyati
Asosiy vazifalar:
Kredit ta’minoti sifatida taqdim etilayotgan mol-mulkni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish;
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk va unga tegishli hujjatlarni qonunchilik hamda Bankning ichki hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish;
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk bo‘yicha chek-listlarni to‘ldirish;
Kredit hisobiga sotib olingan ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni garovga olishda garov shartnomasi va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirishda Bank vakili sifatida ishtirok etish va garov shartnomasini imzolash;
Garovga olingan mol-mulk, Bank balansidagi hamda bo‘lib to‘lash asosida sotilgan Bank mulklarini joyiga chiqqan holda monitoring qilish;
Kredit shartlari qayta ko‘rib chiqilganda, garov almashtirilganda, qisman yoki to‘liq ozod qilinganda, qo‘shimcha mol-mulk garovga kiritilganda, garovdagi mol-mulkda qurilish yoki rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganda garov ta’minotini joyiga chiqib o‘rganish;
Garov mulklarini qayta baholashda ishtirok etish;
Amalga oshirilgan baholash ishlari yuzasidan davriy hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash.
Talablar:
Oliy iqtisodiy, yuridik yoki boshqa oliy ma’lumot;
Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;
Garov ta’minoti va baholash faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish;
Mol-mulkni garovga olish, rasmiylashtirish va monitoring qilish tartiblarini bilish;
Ko‘char va ko‘chmas mol-mulkka oid huquqni belgilovchi hamda boshqa hujjatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari;
Hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjat aylanishi tizimlarida ishlash ko‘nikmalari;
Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash, detallarga e’tiborlilik va tashkilotchilik qobiliyati.
Hujjatlarni topshirish:
Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatish so‘raladi.
Bo‘linma: Undiruv markazi, Qarzdorliklarni dastlabki bosqichda undirish xizmati. ...
Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati Ish joyi: ...
Dasturiy ta’minot xavfsizligi, DevSecOps amaliyotlari va zamonaviy IT infratuzilmalarni himoyalash sohasida chuqu ...
