Böş iş örinlari

SQB Soft Collection guruhi yetakchi operatori lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


14.10.2026 12:19

Bo‘linma: Undiruv markazi, Qarzdorliklarni dastlabki bosqichda undirish xizmati.

Asosiy vazifalar:

  • 60 kungacha muddati o‘tgan qarzdorliklarni so‘ndirish yuzasidan qarzdorlarga telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish.

  • Mijozlar bilan belgilangan skriptlarga rioya qilgan holda muzokaralar olib borish.

  • To‘lov kechikishining sabablari, moliyaviy qiyinchiliklar va qarzdorlikni so‘ndirishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa vaqtinchalik holatlarni aniqlash.

  • Jismoniy shaxslar kreditlari bo‘yicha 60 kungacha muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish holatini tahlil qilish va undiruv jarayonlarini nazorat qilish.

  • Firibgarlik alomatlari aniqlanganda tegishli mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga xabar berish.

  • Soft Collection guruhi xodimlari va operatorlari o‘rtasida ishlarni taqsimlashda ishtirok etish.

  • Bank rahbariyati tomonidan belgilangan reja ko‘rsatkichlari va topshiriqlarni bajarish.

  • Bank tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish, ma’lumot almashish va xizmat yozishmalariga javob tayyorlash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus yoki oliy iqtisodiy yoxud yuridik ma’lumot. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.

  • Zaruriyatga ko‘ra, axborot texnologiyalari yo‘nalishida dasturlash sertifikatlariga ega bo‘lish.

  • Telefon orqali muzokara olib borish va mijozlar bilan belgilangan skriptlar asosida ishlash ko‘nikmalari.

  • Muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish qobiliyati.

  • Ma’lumotlar bilan ishlash va maxfiylikni saqlash ko‘nikmalari.

  • Ravon nutq, muloqotga kirishuvchanlik, stressga bardoshlilik va mas’uliyatlilik.

Hujjatlarni topshirish: Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatish so‘raladi.





Другие новости

24.11.2026 12:17:03
SQB Toshkent viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati Ish joyi: ...

24.11.2026 12:14:02
SQB Andijon viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati Ish joyi: ...


Дата последнего обновления: 24.11.2026 12:19  
up