Ish joyi: Toshkent shahar Undiruv markazi
Ish tajribasi: kamida 2 yil
Asosiy vazifalar
-
Kichik va mikro biznes segmenti hamda Undiruv markazi mijozlarining muammoli va muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini sudgacha bo‘lgan tartibda undirish bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari bilan ishlash.
-
Jismoniy va yuridik shaxslarga 100 foiz nomulkiy ta’minot — sug‘urta polisi (14, 15-klass) va/yoki kafillik asosida ajratilgan kreditlar, mikroqarzlar va overdraftlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish.
-
Sug‘urta kompaniyalariga talabnomalar yuborish hamda muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish jarayonini tashkil etish.
-
Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha autsorsing va tashqi pudratchi tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish, topshirilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
-
Sudning hal qiluv qarori, sud buyrug‘i yoki notariusning ijro xati mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni autsorsing tashkilotlariga taqdim etish.
-
Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlari bilan hamkorlikni tashkil etish.
-
Aktivlarni undirish va sotish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amalga oshirish.
-
Xizmat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlaridan kelib tushgan yozishmalar hamda boshqa hujjatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
- Iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishda oliy ma’lumot.
- Kamida 2 yil ish tajribasi.
- Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar.
- Mijozlar bilan muzokara olib borish va konstruktiv muloqot qilish qobiliyati.
- Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi.
- Analitik fikrlash qobiliyati.
- Diqqatlilik va mas’uliyatlilik.
- Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik.
- Kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish.
- Xizmat yuzasidan hududlarga chiqishga tayyorlik.
- Hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
Asosiy ko‘nikmalar
- Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklarni undirish.
- Qarzdorlar va kreditga aloqador shaxslar bilan muzokaralar olib borish.
- Talabnomalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash.
- Sudlar, Majburiy ijro byurosi (MIB), notariuslar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
- Kredit qarzdorligini tahlil qilish.
- Bank axborot tizimlarida ishlash.
- Qonunchilik va Bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ish sharoitlari
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda rasmiy ishga qabul qilish.
- Ish joyi — Toshkent shahar Undiruv markazi.
- Lavozim bo‘yicha professional rivojlanish imkoniyati.
- Xizmat vazifalaridan kelib chiqib, hududlarga xizmat safarlari.