• Main
  • Press-center
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazi, Agentlar va sug‘urta qoplamasi bila

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazi, Agentlar va sug‘urta qoplamasi bilan ishlash xizmatida Menejer lavozimiga malakali va munosib nomzodlarni ishga taklif etadi.


28.09.2026 12:56

Ish joyi: Toshkent shahar Undiruv markazi

Ish tajribasi: kamida 2 yil

Asosiy vazifalar

  • Kichik va mikro biznes segmenti hamda Undiruv markazi mijozlarining muammoli va muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini sudgacha bo‘lgan tartibda undirish bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari bilan ishlash.
  • Jismoniy va yuridik shaxslarga 100 foiz nomulkiy ta’minot — sug‘urta polisi (14, 15-klass) va/yoki kafillik asosida ajratilgan kreditlar, mikroqarzlar va overdraftlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish.
  • Sug‘urta kompaniyalariga talabnomalar yuborish hamda muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish jarayonini tashkil etish.
  • Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha autsorsing va tashqi pudratchi tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish, topshirilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
  • Sudning hal qiluv qarori, sud buyrug‘i yoki notariusning ijro xati mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni autsorsing tashkilotlariga taqdim etish.
  • Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlari bilan hamkorlikni tashkil etish.
  • Aktivlarni undirish va sotish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amalga oshirish.
  • Xizmat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlaridan kelib tushgan yozishmalar hamda boshqa hujjatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • Iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishda oliy ma’lumot.
  • Kamida 2 yil ish tajribasi.
  • Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar.
  • Mijozlar bilan muzokara olib borish va konstruktiv muloqot qilish qobiliyati.
  • Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi.
  • Analitik fikrlash qobiliyati.
  • Diqqatlilik va mas’uliyatlilik.
  • Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik.
  • Kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish.
  • Xizmat yuzasidan hududlarga chiqishga tayyorlik.
  • Hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.

Asosiy ko‘nikmalar

  • Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklarni undirish.
  • Qarzdorlar va kreditga aloqador shaxslar bilan muzokaralar olib borish.
  • Talabnomalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash.
  • Sudlar, Majburiy ijro byurosi (MIB), notariuslar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
  • Kredit qarzdorligini tahlil qilish.
  • Bank axborot tizimlarida ishlash.
  • Qonunchilik va Bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.

Ish sharoitlari

  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda rasmiy ishga qabul qilish.
  • Ish joyi — Toshkent shahar Undiruv markazi.
  • Lavozim bo‘yicha professional rivojlanish imkoniyati.
  • Xizmat vazifalaridan kelib chiqib, hududlarga xizmat safarlari.





Last updated date: 30.09.2026 10:37  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит