Bank xodimlari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi ijrosi bilan tanishdi


04.07.2024 15:44

Bugungi kunda joylarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, shuningdek ularning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisidagi ana shunday tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini o‘zida qamragan muhim hujjatdir. Unga ko‘ra, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ijtimoiy sohalarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ekologik sharoitlarni yaxshilash borasida aniq maqsad va vazifalari belgilangan.

Prezidentimizning 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ham jamiyatimizning barcha qatlamlari manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Tadbirda ushbu hujjatlar mohiyatan zamonaviy davlat, adolatli jamiyat hamda farovon hayotni barpo etishga qaratilgani ta’kidlandi, islohotlarning bank-moliya sohasidagi aksi xususida so‘z yuritildi.

– So‘nggi yillarda bank xizmatlarini yetkazib berishda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev. – Raqamli texnologiyalar va moliya bozoridagi raqobat banklarni xalqqa yanada yaqinlashtirdi. Bugun u tadbirkor yoki oddiy inson bo‘lsin bank xizmat va mahsulotlaridan hayotiy zarurat sifatida foydalanmoqda. “Bank mijoz uchun” shiori amalda o‘zini namoyon qila boshladi.

Tadbirda O‘zsanoatqurilishbank tizimida yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot namoyish etildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda bank tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishida ko‘maklashish maqsadida “Yosh tadbirkor” va “Ta’lim” kredit mahsulotlari taklif etilmoqda.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, “Yosh tadbirkor” kredit turi bo‘yicha qariyb 40 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilib, natijada yoshlarning bir necha o‘nlab startap va istiqbolli loyihalari tadbiq etildi, 800ga yaqin ish o‘rni yaratildi.

“Ta’lim” krediti asosida esa, 18 700ga yaqin yigit-qizlarning jami 234 mlrd. so‘mdan ziyod to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berildi.

– Bundan tashqari, bankimiz tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan buyuk ma’rifatparvar olim Is'hoqxon Ibrat nomini abadiylashtirishga qaratilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Sanjar Abduvaliyev. – Bugungi kunda ushbu loyiha asosida minglab yigit-qizlar 20dan ortiq xorijiy tillarni onlayn tarzda bepul o‘rganishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Tadbirda Zoom platformasi orqali bankning hududiy boshqarmalaridan ham xodimlar ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

11/20/2025 12:44:32 pm
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Karmana tumanidagi namunaviy loyiha

Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik ...

11/03/2025 12:33:45 pm
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganish uchun joylarga chiqdi

Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar ...

09/23/2025 05:48:04 pm
O‘zsanoatqurilishbankning moliyaviy inklyuziya yo‘lidagi tashabbuslar

Aholi daromadini oshirish, bandlikni kengaytirish va har bir oila uchun munosib t ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo