MAHALLA YETTILIGI ipotekasi


Xususiy uylarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun.

car

Kredit summasi

120 mln so‘mgacha

Yillik foiz stavkasi

18 %

Kredit muddati

20 yilgacha

Dastlabki to'lov

15 % dan
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


Kalkulyator
Xonadon qiymati
To'lov turini tanlang
Annuitet
Differensial
Kredit muddati
Boshlang'ich to'lov

To'lov jadvali

Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan.
Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Qadam 1/3
  Tasdiqlash ehtimolligini aniqlash:+ birinchi bosqich bajarilganligi uchun 10%
Shaxsiy ma'lumotlarni kiritish
*SMS habar faollashtirilgan shaxsiy plastik kartangizning ma'lumotlarini kiritish lozim
Karta ma'lumotlari kredit potentsialingizni
Karta ma'lumotlari kredit potentsialingizni
baholash uchun talab qilinadi.

Qadam 2/3
  Tasdiqlash ehtimolligini aniqlash:birinchi bosqich bajarilganligi uchun 25%
Orqaga
Shaxsiy ma'lumotlar
*Ma'lumotlarni qat'iy pasportga muvofiq kiriting
Qayerdan kredit olmoqchisiz?
Biz sizning ma'lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaymiz.
Biz sizning ma'lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaymiz.

Qadam 3/3
  Tasdiqlash ehtimolligini aniqlash:birinchi bosqich bajarilganligi uchun 25%
Orqaga
Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Sotib olish shartnomasi

  • Daromad to’g’risida maʼlumotnoma

Kredit 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, kambag’allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va "mahalla yettiligi" tavsiyasiga ko'ra uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan O'zbekiston fuqarolariga beriladi.
Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

JOYDA mobil ilovasi orqali

Download JOYDA

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo’shimcha xarajatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi

Yakka tartibdagi uy-joy qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun:

Kredit mablag‘lari xususiy pudrat tashkiloti, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo do‘koniga loyiha smeta hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich quyidagi tartibda ajratiladi:

- boshlang‘ich badal miqdoridagi teng ishlar bajarilgandan so‘ng kreditning 50 foizigacha;

- ajratilgan kredit miqdoridagi ishlar bajarilgandan so‘ng kreditning 95 foizigacha;

- loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq bajarilgandan so‘ng kreditning qolgan 5 foizi.

Bunda, har bir kredit ajratish bosqichida: 

- mijoz va pudrat tashkiloti o‘rtasida bajarilgan ishlar yuzasidan dalolatnoma imzolangandan so‘ng, tegishli bank tarmog’idagi Kredit monitoring xizmati mas’ul xodimi joyiga chiqqan holda bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechiradi va fotosuratlar ilova qilingan holda maqsadlilik monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi;

-  mijoz qurilish materiallarini sotib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob faktura, yuk xati yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) taqdim qilingandan so‘ng, bank tarmog’idagi Kredit monitoring xizmati mas’ul xodimi joyiga chiqqan holda bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechiradi va fotosuratlar ilova qilingan holda maqsadlilik monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

Kredit maksimal miqdori:

120 000 000 so’mgacha

Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:

15% dan kam bo’lmagan miqdorida

Kreditning maksimal muddati:

20 yil

Maksimal imtiyozli davr (differensial grafikda):

6 oygacha

To’lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial

Foiz stavkasi:

18 % (MB stavkasi + 4 %)

Ta’minotga talablar:

ipoteka krediti hisobiga qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) va ta’mirlanayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa ko’chmas mulk garovi.

Agar qarz oluvchi tomonidan kredit olish vaqtida boshqa garov ta’minoti taqdim etilgan taqdirda, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng, kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi. (mazkur shart kredit shartnomasining tegishli bandida ko‘rsatilishi lozim)

Kredit qoplanishi:

ajratiladigan kredit summasining 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda. Bankka aloqador shaxslar bo‘yicha ta’minotning miqdori kredit summasining 130% dan kam bo‘lmagan miqdorda. (Kredit ta’minoti yetmagan qismiga kredit qaytarmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi taqdim qilinishi mumkin).


Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlari

- ish haqi (kamida 6 oy);
- yoshga doir pensiya;
- shaxsiy yordamchi, dehqon xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlikning asosiy faoliyati bo‘yicha pul tushumlarining 10%(kamida 6 oy).


Hujjatlar

Shartnoma.docx

Yuklab olish
  • ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi;
  • doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun еtarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • qarz oluvchi Dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi. Bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi;
  • “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

  • Pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
  • Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqaroga taqdim qilingan “Mahalla yettiligi” tavsiyanomasi;
  • Yakka tartibdagi uy-joy qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
  • Yakka tartibdagi uy-joy qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi);
  • Pudrat tashkiloti bilan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma va/yoki Qurilish materiallari sotib olish bo’yicha oldi-sotdi shartnoma;
  • Garovga olinayotgan mulkning real bozor bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
  • Ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda “Subsidiya xabarnomasi”;
  • Shuningdek, kredit hujjatlarini o‘rganish jarayonida qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

  • Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;
  • Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari.


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.07.2024 12:36  
up