Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
(%)
Pasport yoki ID-karta
Sotib olish shartnomasi
Kredit O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga beriladi

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kreditning maqsadi:
yangi uy-joy sotib olish uchun
Imtiyozli davr:
6 oy (differensial toʼlovi usulida)
Birgalikda qarz oluvchilar soni:
5 tagacha
Kredit maksimal miqdori:
Toshkent shahrida - 420 000 000 so’m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda - 330 000 000 so’m
Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:
15 % dan (xonadon narxidan)
To’lov usuli:
qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial
Qo'shimcha shartlar:
sotib olingan xonadonni sug'urtalash talab qilinmaydi
Dastlabki toʻlov bilan 50%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%
Dastlabki toʻlov bilan 25%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3,5%
Dastlabki toʻlov bilan 15%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4%
Dastlabki toʻlov bilan 15%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%
Kredit Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari asosida beriladi.
Subsidiya xabarnomasi 4 oy davomida amal qiladi (agar uzaytirilmasa).
Kredit bo‘yicha ijobiy qaror chiqqanidan so‘ng, boshlang‘ich badal “Kafolat-3” omonatiga qo‘yiladi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchi tashkilotga o‘tkaziladi.
Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lsangiz va kamida 25% boshlang‘ich badalga ega bo‘lsangiz, kredit olish imkoniyatingiz bank kartasi aylanmasi, ijara va boshqa xarajatlar asosida baholanadi.
Bu ipoteka kreditidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lishingiz kerak. (2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi.)
Kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida qarz oluvchi 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
O‘rtacha oylik daromadlar
Quyidagi daromad turlari inobatga olinadi:
Kredit o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga quyidagi shartlarda ajratiladi:
Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
Boshlang‘ich badal miqdori kamida 30% bo‘lishi;
O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning o‘rtacha oylik daromadlari bankning elektron dasturi orqali, qarz oluvchining SQB Mobile mobil ilovasiga ulangan bank hisobvaraqlariga (kartasiga) murojaat sanasidan oldingi uzluksiz kamida 6 oy davomida tushgan tushumlari asosida aniqlanishi;
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida ushbu kredit turidan foydalangan va amaldagi qarzdorligini to‘liq so‘ndirgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ushbu kreditdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi.
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (qarz oluvchi YaIDXP’dan foydalangan holda raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega). Qarz oluvchi harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda, vizual identifikatsiyadan o‘tkazilgach, uning harbiy guvohnomasi va pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan nusxa olinadi.
Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma / elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin).
Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan qarz oluvchilar uchun — Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (zarur hollarda).
Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomasi, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi ruxsatnoma (uy-joy qurishga ruxsatnoma / ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida Davlat reyestridan ko‘chirma / kadastr hujjatlari).
Qurilish obyektining qurilishiga ruxsatnoma (faqat subsidiya asosida beriladigan ipoteka kreditlari uchun).
“Subsidiya xabarnomasi” — boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash nazarda tutilgan hollarda.
Qarz oluvchining Labor.migration platformasida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
Qarz oluvchi-migrant nomidan ishonchnoma (agar ishonchnoma qarz oluvchi-migrant faoliyat yuritayotgan mamlakatdagi notarial idoralar tomonidan berilgan bo‘lsa, u davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan (legalizatsiya) yoki apostil qilingan bo‘lishi shart) (zarur hollarda).
Auksion savdolarida yutganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
Qo‘shimcha ravishda: ipoteka krediti hisobiga xarid qilinayotgan uy-joyning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori doirasidagi renovatsiya dasturiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
Shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

