Hosil qiymatining 50 % gacha
Kredit miqdori
12 oygacha
Kredit muddati
10 oygacha
Imtiyozli davr
Milliy va xorijiy valyutada
Kredit valyutasi
Individual belgilanadi
Kredit stavkasi
Fermer xo‘jaliklari, g‘alla va urug‘chilik klasterlari
Mijoz
Kreditning maqsadi:
"O'zsanoatqurilishbank" ATB mijozlari uchun bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish
Valyuta:
Milliy valyuta
Xorijiy valyuta
Kredit muddati:
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
12 oygacha, imtiyozli davr – 10 oygacha.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
12 oygacha, imtiyozli davr – 10 oygacha.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
Bug‘doy yetishtirish uchun – jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.
Foiz stavkasi:
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan: 10 % dan 12 % gacha (2 % bank marjasi bilan).
Bank mablag‘lari hisobidan: yillik kamida 26 %.
Kredit miqdori:
Kredit miqdorihosil qiymatining 50 % gacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi. Minimal narx va normativ hosildorlik ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etiladi va bank tomonidan tasdiqlanadi
Mahsulot bo‘yicha ta’minot:
Kichik va o‘rta biznes: kredit summasining kamida 125 %.
Boshqa mijozlar: kredit summasining kamida 50 %.
Mulkiy taʼminot:
Ko‘chmas mulk, bino va inshootlar;
Transport vositalari;
Maxsus texnika;
Pul mablag‘lari.
Nomulkiy ta’minot:
Uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
Kredit qaytmaslik xavfini sug‘urtalash polisi.
I. Fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi g‘allachilik klasterlari va kooperatsiyalar uchun:
- Kredit olish bo‘yicha ariza.
- Ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan oxirgi o‘zgarishlar.
- Oxirgi hisobot davri uchun quyidagi moliyaviy hujjatlar:
- Buxgalteriya balansi;
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
- Debitor-kreditor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumot.
Eslatma: Agar mijoz moliyaviy faoliyatini yaqinda boshlagan bo‘lsa, choraklik yoki tezkor tayyorlangan hisobotlar qabul qilinadi.
- Boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmalari va qoldiqlari (agar mavjud bo‘lsa).
- Ta’sischilar yoki vakolatli organ tomonidan kredit olish bo‘yicha ruxsatnoma.
- Vakolatli rahbar yoki uning vakilining kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.).
- Fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati.
- Tuman hokimining boshoqli don ekinini joylashtirish bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotnomasi.
- Tuproqning bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik bo‘yicha ma’lumotnoma (tasdiqlangan).
II. Fermer xo‘jaliklari, urug‘chilik xo‘jaliklari va klasterlar uchun:
- Kredit olish bo‘yicha ariza.
- Ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan oxirgi o‘zgarishlar.
- Oxirgi hisobot davri uchun quyidagi moliyaviy hujjatlar:
- Buxgalteriya balansi;
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
- Debitor-kreditor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumot.
Eslatma: Choraklik yoki tezkor tayyorlangan hisobotlar qabul qilinadi.
- Boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmalari va qoldiqlari (agar mavjud bo‘lsa).
- Ta’sischilar yoki vakolatli organ tomonidan kredit olish bo‘yicha ruxsatnoma.
- Vakolatli rahbar yoki uning vakilining kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
- Bug‘doy sotish bo‘yicha tuzilgan shartnoma nusxasi.
- Tuman hokimining boshoqli don ekinini joylashtirish bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotnomasi.
- Tuproqning bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotnoma.
Qo‘shimcha shartlar:
- Agar kontragent Rossiya, Belarus yoki Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, xalqaro yuridik kompaniyalar tomonidan ushbu kontragentlarning sanksiyalar ro‘yxatida yo‘qligi haqida ijobiy xulosa taqdim etilishi lozim.
Izoh:
Keltirilgan hujjatlar ro‘yxati Prezident farmonlari, hukumat qarorlari yoki boshqa normativ hujjatlarga muvofiq o‘zgarishi mumkin.










