main-image
KREDIT MAHSULOTLARI
O’z biznesingizni biz bilan rivojlantiring!

ONLAYN FAKTORING

aylanma mablag‘larni tez to‘ldirish va biznesingizni o‘stirish uchun

ONLAYN FAKTORING
Mahsulot haqida
Step icon

Moliyaviy hisobotga asosan

Kredit miqdori

Step icon

12 oygacha

Limit muddati

Step icon

120 kungacha

Faktoring muddati

Step icon

So'm

Valyuta

Step icon

Mikro, kichik va korporativ biznes uchun

Kimga to'g'ri keladi

Step icon

Moliyaviy hisobotga asosan

Diskont stavkasi

Faktoringni olish oson!
Steps icon

Platformadan ro‘yxatdan o‘ting va elektron ariza qoldiring

Steps icon

Bank tasdiqini oling va limitni belgilang

Steps icon

Bank tomonidan belgilangan limit bo'yicha shartnomani imzolang va moliyalashtirishni oling


Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Faktoring maqsadi:

yetkazib beruvchilarga (kreditorlarga) xaridordan (debitor) bo‘lgan pul talabini bankka (moliyaviy agentga) o‘tkazish evaziga moliyalashtirish, shunda xaridor to‘lovini kutmasdan xarajatlarni qoplash imkoniyati yaratiladi.
(Oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozlar mavjud)

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)

Limit muddati:

12 oygacha

Diskont stavkasi:*

Debitorning yillik tushumiga qarab belgilanadi:

  • 50 mlrd so‘mgacha — yiliga 30%;

  • 50 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha — yiliga 26%;

  • 100 mlrd so‘mdan 200 mlrd so‘mgacha — yiliga 24%;

  • 200 mlrd so‘mdan yuqori — yiliga 22%.

Bundan tashqari, moliyalashtirish summasidan 0,4% miqdorida platforma komissiyasi ushlab qolinadi (bir martalik).

    Faktoring muddati:

    120 kungacha (elektrotexnika va qurilish materiallari sohasidagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun — 180 kungacha)

    Faktoring summasi:

    So‘nggi 12 oy ichidagi debitorning moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi
    (Limit — formulaga asoslanadi va korxona jami aktivlaridan oshmasligi lozim)

    Rasmiylashtirish usuli:

    elektron raqamli imzo orqali raqamli platformada onlayn shaklda.


    Qarz oluvchiga (debitorga) qo‘yiladigan talablar

    1. Asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamining mavjudligi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida (korporativ biznes sub’yektlaridan tashqari).

      • Ikkilamchi hisob raqamidan foydalanilgan taqdirda, faktoring ajratishda mahsulot pasportining 11-bandida belgilangan diskont stavkasiga har bir oy uchun 0,5 foiz qo‘shiladi.

      • Boshqa banklardan jalb qilingan mijozlarda limit o‘rnatilgandan so‘ng, asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamini “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimiga o‘tkazish mumkin.

    2. Kichik va o‘rta biznes segmenti mijozlari uchun davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 12 oy bo‘lishi shart (korporativ biznes sub’yektlariga tatbiq etilmaydi).

    3. So‘nggi 1 yil davomida kamida 9 oy mobaynida bank hisobvaraqlariga faoliyatidan tushumlar kelib tushgan bo‘lishi kerak (murojaat qilishdan oldingi oyning tushumlari majburiy hisoblanadi). Ushbu talab korporativ biznes sub’yektlariga tatbiq etilmaydi.

    4. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlari bo‘yicha asosiy qarz yoki foizlar bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar mavjud bo‘lmasligi kerak.

    5. “Kartoteka-2” hisobida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak.
      (Agar asosiy yoki ikkilamchi hisob boshqa bankda bo‘lsa, K-2 bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim.)

    6. Moliyaviy hisobot (2-shakl) foyda bilan yakunlangan bo‘lishi kerak.

    7. Mijozning o‘z aylanma mablag‘lari musbat qiymatda bo‘lishi kerak.

    8. Amaldagi kreditlar va shunga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak.

    9. So‘nggi 5 yil ichidagi kredit tarixiga ko‘ra:

      • 30 kundan ortiq kechikishlar — ko‘pi bilan 5 ta holat;

      • 60 kundan ortiq kechikishlar — ko‘pi bilan 3 ta holat;

      • 90 kundan ortiq kechikishlar — bo‘lmasligi shart.

    10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlarini (oraliq yoki yakuniy) uzaytirish bir martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

    11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash muddatini uzaytirish bir martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

    12. So‘nggi 3 yil ichida (qarz oluvchi kafil sifatida qatnashgan holatlar ham qo‘shib hisoblanadi) iqtisodiy sud tomonidan qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan da’volar bo‘lmasligi kerak.

    13. Qarz oluvchi korxonaning oxirgi 12 oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi lozim. Istisno: eski ta’sischilar ulushi 51%dan kam bo‘lmagan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishi mumkin. Tekshiruv Bank dasturiy ta’minotiga integratsiya qilingan servis orqali onlayn ravishda amalga oshiriladi.

      14 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi o‘zaro bog‘liq korxonalarda kredit va shunga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak.
      15. Mijoz nomiga Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari mavjud bo‘lmasligi kerak.
      16. Sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.
      17. KATM ma’lumotnomasiga muvofiq, mijoz va unga bog‘liq korxonalarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi kreditlar “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasiga kiritilmagan bo‘lishi kerak.
      18. Balansdan tashqari hisobvaraqlarga (spisaniya qilingan) o‘tkazilgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.

      Talab etiladigan hujjatlar

      Debitordan:

      • Faktoring limiti o‘rnatish bo‘yicha ariza.

      • Buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl), QQS hisobotlari yoki QQS to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi hisobot davri uchun). Agar ma’lumotlar bank tizimida mavjud bo‘lsa — taqdim etish talab qilinmaydi.

      • Bankka to‘lov talabnomalarini taqdim etishga rozilik xati.

      Yetkazib beruvchidan (kreditordan):

      • Tovar/mahsulot yetkazib berish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar nusxalari.

      • Har ikki tomon imzolagan solishtirma dalolatnoma (akt sverka).

      • Hisob-faktura.

      Barcha hujjatlar platformaga yuklanadi va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.

      SQB BUSINESS
      SQB BUSINESS

      Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

      Batafsil
      Depozitlar
      Depozitlar

      Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

      Batafsil
      Transchegaraviy oʻtkazmalar
      Transchegaraviy oʻtkazmalar

      Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

      Batafsil
      Korporativ kartalar
      Korporativ kartalar

      Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

      Batafsil
      Ish haqi loyihasi
      Ish haqi loyihasi

      Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

      Batafsil
      Savdo ekvayringi
      Savdo ekvayringi

      Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

      Batafsil
      Biznes kreditlari
      Biznes kreditlari

      Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

      Batafsil
      up
      DEMO
      close
      Давайте поговорим!
      close
      send
      arrow-left
      Недавние чаты
      close
      История
      FAQ
      Сегодня
      • Автокредит
      • Автокредит
      • Автокредит
      Сегодня
      • Автокредит
      • Автокредит
      • Автокредит
      Сегодня
      • Автокредит
      • Автокредит
      • Автокредит
      • Автокредит
      • Автокредит
      logo