Следите за новостями и предложениями регулярно!

Bo'sh ish o'rinlari

SQB Mikro va kichik biznes departamentining "TEKMATES" mijozlar xizmatini rivojlantirish xizmatiga menejer (trener) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


18.06.2026 12:57

Xodimlarni o'qitish, savdo ko'nikmalarini rivojlantirish va trenerlik sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• O'quv tadbirlarini, treninglar va workshoplarni tashkil etish va o'tkazish
• Tashkilotda savdo madaniyatini joriy etish va rivojlantirish, xodimlarning amaliy savdo ko'nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirish
• O'quv dasturlari va materiallarini (skriptlar, keyslar) ishlab chiqish va yangilab borish
• Xodimlarni o'qitish va moslashtirish (adaptatsiya)
• Xodimlarning bilim va ko'nikmalarini baholash
• O'quv ehtiyojlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash
• LMS tizimi bilan ishlash
• O'quv jarayonini muvofiqlashtirish uchun ichki bo'linmalar bilan hamkorlik

Talablar:
• Oliy ma'lumot
• Kamida 1 yillik ish tajribasi
• Treninglar va workshoplarni o'tkazish, guruhlarni fasilitatsiya va moderatsiya qilish ko'nikmasi
• Zamonaviy o'qitish metodikalarini qo'llash va kattalar ta'limi metodikalarini bilish
• Notiqlik mahorati, rivojlangan kommunikativ ko'nikmalar, stressga chidamlilik, natijaga yo'naltirilganlik
• O'zbek va rus tillarini bilish
• Hududlarga muntazam xizmat safarlariga tayyorlik
• Trenerlik ta'limini tasdiqlovchi sertifikatlar — afzallik

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 18.06.2026 12:58  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send