Следите за новостями и предложениями регулярно!

Bo'sh ish o'rinlari

SQB Korporativ markazining mijozlarni jalb qilish xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


18.06.2026 12:56

Korporativ mijozlar bilan ishlash va yangi mijozlarni jalb qilish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Korporativ mijozlar bilan samarali munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish
• Mijozlarning takliflari, e’tirozlari va ehtiyojlarini o’rganish hamda tegishli choralarni ishlab chiqish
• Yangi korporativ mijozlarni jalb qilish va ish haqi loyihalarini Bank tizimiga o’tkazishni muvofiqlashtirish
• Mijozlarning mablag’larini Bank depozitlariga jalb qilish va depozit bazasini kengaytirish
• Mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish
• Bank mijozi bo’lmagan korxonalar va ularning hamkorlarini Bank xizmatlariga jalb qilish
• Xizmat vakolatiga kiruvchi murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish
• Ichki me’yoriy hujjatlar va tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish

Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki biznes boshqaruvi)
• Bank tizimida yoki korporativ mijozlar bilan ishlash yo’nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi
• Korporativ mijozlar bilan ishlash va muzokaralar olib borish ko’nikmasi
• Moliyaviy tahlil asoslarini bilish
• MS Office dasturlarida ishlash va taqdimotlar tayyorlash ko’nikmasi
• Mas’uliyatlilik, kommunikativlik, tashabbuskorlik va natijaga yo’naltirilganlik
• O’zbek tilini mukammal, rus tilini yaxshi darajada bilish; ingliz tili — afzallik
• Xizmat safarlariga tayyor bo’lish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 18.06.2026 12:57  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send