Tadbirlar

SQB: Korrupsiyaga qarshi kurashda amaliy bilim va yondashuvlar mustahkamlanmoqda


06.05.2025 09:21

SQB: Korrupsiyaga qarshi kurashda amaliy bilim va yondashuvlar mustahkamlanmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois SQBning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tashabbusi bilan bankning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy filiallari xodimlari uchun o‘quv-treninglar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi seminar Green banking departamenti va bankning 1-bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Unda korrupsion xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, mas’uliyatli xizmat yuritish bo‘yicha xalqaro tajriba asosida tayyorlangan nazariy va amaliy materiallar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Bundan tashqari manfaatlar to‘qnashuvi, xodim va mijoz o‘rtasidagi sovg‘a-salom almashish bilan bog‘liq cheklovlar, axloqiy tamoyillar hamda tashkilot ichki siyosatiga oid asosiy talablar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan xodimlarning bilim darajasini baholash maqsadida test sinovi o‘tkazilib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bu esa olingan bilimlarni mustahkamlash va kelgusidagi malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bank Axborot xizmati




Другие новости

30.10.2026 09:23:30
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING! “Özsanoatqurilişbank” ATBda korrupsiyaviy holatlar haqida xabar beriş uçun maxsus ...

29.10.2026 09:34:38
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

25.09.2026 15:51:21
SQB’da korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha onlayn o‘quv-trening o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadi ...


Дата последнего обновления: 23.09.2026 16:17  
up