
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda bank va tadbirkor o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda bank xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaviy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga biznesni moliyalashtirish va bank mahsulotlaridan foydalanish shartlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglanib, qo‘shimcha yechim talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.
Raqamli mahsulotlar savdosini oshirishga qaratildi (sarlavha) “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Xalqaro tozalik kuniga bag‘ishlangan ekologiya va sport tadbirlarida faol ishtirok ...
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

