Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda bank dasturiy tizimlari faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganildi.
Aniqlanishicha, bank dasturiy ta’minotiga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonida bank kursini tizimga o‘rnatish bilan bog‘liq qisqa muddatli texnik holat kuzatilgan. Mazkur holat tezkor bartaraf etilib, ayni paytda dasturiy tizimlar to‘liq ishchi holatda faoliyat yuritmoqda.
Shu bilan birga, bank kartalarining amal qilish muddati tugayotgani sababli ularni yangilashga ehtiyoj ortgani ayrim paytlarda ofisga kelayotgan mijozlar oqimining ko‘payishiga olib kelmoqda.
Hozirda navbatlarni kamaytirish va xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlar oqimi tartibga solinib, kartalar bilan bog‘liq amaliyotlar jadallashtirilmoqda.
Bank mas’ullari murojaat muallifi bilan uchrashib, holat yuzasidan tushuntirish berdi. Mijozning kartani yangilash bilan bog‘liq masalasi belgilangan tartibda hal etildi.
Bundan tashqari, kartalarni yangilash uchun masofaviy imkoniyatlar ham mavjud. Amal qilish muddati tugagan kartani “SQB Mobile” ilovasi orqali ofisga bormasdan qayta rasmiylashtirish mumkin. Bunda xizmat narxiga 50 foiz chegirma qo‘llanadi. Bu mijozning vaqti va mablag‘ini tejash imkonini beradi.
Bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish, ofislardagi yuklamani kamaytirish va masofaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bildirilgan murojaat va takliflar xizmat sifatini yanada yaxshilashda inobatga olinadi.
2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...
Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

