Yangiliklar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


07.05.2026 11:09

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinlar bildirilayotgani munosabati bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Joriy yilning 6-may kuni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq Korporativ axborot yagona portalida “Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalari” asosida 8-muhim fakt oshkor qilindi. Mazkur axborotda Bank Kuzatuv kengashining tegishli qaroriga muvofiq rahbariyat tarkibiga oid tashkiliy oʻzgarishlar aks ettirilgan.

Xususan, unga koʻra, Yakubov Shuhrat Israilovichning Bank Boshqaruvi aʼzosi sifatidagi vakolatlarini tugatish hamda uni Bank Boshqaruvi raisining xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga oʻtkazish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Hakimov Abdurashid Baxrom oʻgʻlining Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari – Boshqaruv aʼzosi lavozimiga nomzodi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, aksiyadorlik tijorat banklari rahbariyati tarkibiga oid tayinlov va kelishuv jarayonlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi hamda vakolatli organlar bilan kelishuv asosida yakunlanadi.

Ayni paytda rahbariyat faoliyati belgilangan tartibda davom etmoqda.

Barcha tashkiliy va huquqiy jarayonlar toʻliq yakunlanganidan soʻng, tegishli maʼlumotlar bankning rasmiy axborot resurslari orqali qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.





Другие новости

21.05.2026 12:17:50
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar ma ...

21.05.2026 11:13:40
SQBda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 22-may kuni Namanga ...

20.05.2026 16:54:56
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...


Дата последнего обновления: 07.05.2026 11:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send