Yangiliklar

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt iqtisodiyot drayveriga aylanmoqda


17.04.2026 10:21

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt iqtisodiyot drayveriga aylanmoqda

Toshkent shahrida Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan “Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya: Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi.
 
Maʼlumki, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va ularni iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarga keng joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bugungi kunda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
Tadbir sunʼiy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyotning real sektoriga keng joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda davlat, biznes va ilm-fan oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
 
Unda sunʼiy intellekt sohasida mamlakatning asosiy drayverlari boʻlgan ilm-fan, davlat va IT-industriya vakillari bir minbarda jamlandi.
 
Ishtirokchilar fundamental va amaliy ilm-fanni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va IT-infratuzilmani kengaytirish, shuningdek, startaplar va eksportga yoʻnaltirilgan raqamli bizneslarni qoʻllab-quvvatlash kabi strategik yoʻnalishlarda oʻz qarash va yechimlarini ilgari surdi.
 
Jumladan:
 
– Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik SH. Ayupov tomonidan mamlakatda fundamental va amaliy ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yoritildi;
 
– Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari O. Pekos tomonidan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt infratuzilmasini shakllantirish masalalariga toʻxtalindi;
 
– Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi direktori A. Abdullayev tomonidan AI boʻyicha kadrlar tayyorlash va taʼlim tizimini transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi;
 
– “IT Park Uzbekistan” bosh direktori oʻrinbosari M. Muksinova tomonidan IT-ekotizim, startaplar va eksportga yoʻnaltirilgan raqamli bizneslarni rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etildi.
 
Shuningdek, konferensiya doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini moliya, sanoat, qurilish, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi kabi tarmoqlarga joriy etish, infratuzilmani raqamlashtirish va davlat boshqaruvida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
Amaliy yechim sifatida SQB tomonidan ishga tushirilgan “AI Maslahatchisi” platformasi taqdim etildi. U fuqarolarning biznes gʻoyalarini tahlil qilish, ularning rentabelligini baholash va moliyalashtirish imkoniyatlarini shakllantirish orqali tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
 
Bir soʻz bilan aytganda, bugun sunʼiy intellekt Oʻzbekistonda shunchaki texnologiya emas, u iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilayotgan, yangi ish oʻrinlari yaratayotgan va aholi daromadlarini oshirishda muhim omilga aylanmoqda.






Другие новости

04.05.2026 09:59:54
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qirgʻuli bank xizmatlari markazi faoliyati yuzasidan eʼlon qilingan muroja ...

01.05.2026 17:49:53
SQB: Buxoroda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Prezidentimizning O ...

29.04.2026 10:30:20
SQB yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻydi

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...


Дата последнего обновления: 22.04.2026 10:24  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send