Yangiliklar

Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi


06.05.2024 11:01

Joriy yilning 6-may kuni Jahon banki va PwC tashkiloti bilan hamkorlikda Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining seminar-yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlab o’tish joizki, 2023-yil 26- oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Milliy ‘yashil’ iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 561-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish, “yashil” turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy “yashil” taksonomiyani ishlab chiqish va uni takomillashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini 2 ta yirik (1 ta moliyaviy “O’zsanoatqurilishbank” ATB va 1 ta xizmat ko‘rsatish “Toshshahartransxizmat” AJ sohasidagi) tashkilotlarda sinovdan o‘tkazish (пилотирование) rеjalashtirilgan.

Bugungi seminar-yig‘ilishda sinovdan o‘tkazishning dastlabki dastur rеjasida nazarda tutilgan quyidagi masalar batafsil yoritildi:

-       “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi bilan tanishtirish;

-       ishtirokchilardan tegishli ma’lumotlarni to‘plash;

-       jarayonni baholash uchun sinovdan o‘tkazish mezonlarini belgilash (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB uchun – kreditlar %, yashil taksonomiya mezonlariga javob beradigan, “Toshshahartransxizmat” AJ uchun esa – yashil taksonomiyaga muvofiq amalga oshirilgan xizmatlar yoki asosiy vositalarga investitsiyalar hajmi);

-       kreditlarni va investitsiyalarni yashil yoki yashil bo'lmaganligini tasniflash uchun yashil taksonomiya mezonlarini qo'llashi;

-        sinov natijalarini, jumladan, uch oy davomida taksonomiyaga kiritilgan har qanday o'zgarishlarni hujjatlashtirish va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini olish.





Другие новости

10.04.2026 10:26:49
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

09.04.2026 11:24:04
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...

06.04.2026 18:08:41
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...


Дата последнего обновления: 04.08.2025 16:05  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo