SQB Toshkent shahar BXO nazoratchi (bosh buxgalter) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.08.2026 09:23
Asosiy vazifalar: • Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobida to‘liq, ishonchli va o‘z vaqtida aks ettirilishini nazorat qilish. • Kassa operatsiyalarini ikki bosqichli nazorat tamoyili asosida tekshirish va kassa hujjatlarini tasdiqlash. • Bankning pul saqlash omborini ochish va yopishda belgilangan tartibda ishtirok etish. • Bank amaliyot kuni yakunida balans hisobvaraqlarida asossiz qoldiqlar qolmasligini nazorat qilish. • Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, jo‘natish hamda tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish. • Bankomatlar va naqd pul bilan ishlovchi qurilmalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish. • Omonat, pul o‘tkazmalari, kommunal va boshqa to‘lovlarning hisobvaraqlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilishini nazorat qilish. • Kunlik buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, saqlanishi va arxivga topshirilishini nazorat qilish.
Talablar: • Oliy iqtisodiy ma’lumot. • Bank tizimida kamida 3 yillik ish staji. • Bank operatsiyalari va buxgalteriya hisobini yuritish tartibini bilish. • Kassa hujjatlari bilan ishlash va nazorat qilish ko‘nikmasi. • Diqqatlilik, mas’uliyatlilik va yuqori darajadagi aniqlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 26.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.