SQB Toshkent shahar BXO Kechki kassa nazoratchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.08.2026 15:44
Asosiy vazifalar: • Inkassatorlardan qabul qilinadigan sumkalar, yuk xatlari va tashrif varaqalaridagi ma’lumotlarning muvofiqligini tekshirish. • Inkassatsiya sumkalari, ularning raqamlari va naqd pul tushumlarini belgilangan tartibda hisobga olish. • Inkassatsiya bo‘yicha jurnal va ma’lumotnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish. • Aniqlangan nomuvofiqlik va kamchiliklarni belgilangan tartibda qayd etish. • Inkassatsiya ma’lumotlarini IABS dasturining «Inkassatsiya» moduliga kiritish. • Kechki kassaga qabul qilingan sumkalar va hujjatlarning pul omboriga joylashtirilishini nazorat qilish. • Naqd pul va boshqa qimmatliklarning kirim-chiqim operatsiyalarini amalga oshirish. • AML/CFT talablari, normativ-huquqiy hujjatlar va Bankning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
Talablar: • Oliy yoki o‘rta maxsus iqtisodiy ma’lumot. • Naqd pul va inkassatsiya hujjatlari bilan ishlashda diqqatlilik va mas’uliyatlilik. • Bankning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish. • IABS dasturida ishlash ko‘nikmasi - afzallik. • AML/CFT talablari bo‘yicha bilim.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 26.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.