Bo'sh ish o'rinlari

SQB Mirobod bank xizmatlari markazi sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.


27.10.2026 06:37

Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilish, yangi mijozlarni izlash va ular bilan aloqalarni rivojlantirish.
• Sovuq qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar, muzokaralar va bank mahsulotlari taqdimotlarini o‘tkazish.
• Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, mos bank mahsulotlarini taklif etish va kross-sotuvni amalga oshirish.
• Hisob-kitob-kassa xizmatlari, kreditlar, depozitlar, ekvayring, ish haqi loyihalari va masofaviy bank xizmatlarini sotish.
• Savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish, savdo natijalarini tahlil qilish.
• Mijozlarni dastlabki maslahatdan bank xizmatlariga ulanishgacha kuzatib borish.
• Mijoz hujjatlarini tayyorlash va tekshirish, CRM tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish.
• KYC, AML/CFT va komplayens talablariga rioya qilish, hisobotlarni tayyorlash hamda boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish.

Talablar:
• O‘rta maxsus yoki oliy professional ma’lumot.
• Bank sohasi, B2B faol savdolar yoki yuridik shaxslarni kreditlash yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 30.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

30.10.2026 16:51:56
SQB Qo‘qon bank xizmatlari markazi “Sotuv eksperti” lavozimiga ishga taklif qiladi!

 Asosiy vazifalar: Bank mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga tak ...

29.10.2026 18:04:52
SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: To‘qimachilik bank xizmatlari markazi. Asosiy vazifalar: Mij ...


Дата последнего обновления: 27.10.2026 11:37  
up