Bo'sh ish o'rinlari

SQB garov monitoringi bo‘yicha katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


29.10.2026 05:54

Bo‘linma: Garov markazi.

Asosiy vazifalar:

  • Ajratilgan kreditlar ta’minoti sifatida qabul qilingan garov mulklari monitoringini tashkil etish;

  • Garov mulklarini monitoring qilish va qayta baholash ishlarini muvofiqlashtirish, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va hisobini yuritish;

  • Garov mulklariga yetkazilgan shikastlar va ularning saqlanishi bilan bog‘liq kamchiliklarni aniqlash, mas’ul bo‘linmalarni xabardor qilish;

  • Sud qarorlari chiqarilgan kreditlar bo‘yicha mulklar, Bank balansidagi hamda bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan mulklar monitoringini nazorat qilish;

  • Garov hujjatlarini tekshirish, mulklarni qayta inventarizatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va mustaqil baholovchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

  • Garov mulklari monitoringi va baholash ishlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy yoki muhandislik-qurilish ma’lumoti;

  • Bank yoki mulkni baholash sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

  • Garov ta’minoti, kreditlash va mulkni baholashga oid qonunchilik hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;

  • Ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlar bilan ishlash va hisobot tayyorlash ko‘nikmalari;

  • Mas’uliyatlilik, diqqatlilik, ijro intizomi va jamoada ishlash qobiliyati.

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

29.10.2026 18:04:52
SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: To‘qimachilik bank xizmatlari markazi. Asosiy vazifalar: Mij ...

29.10.2026 11:35:37
SQB yuridik mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi. Asosiy vazifalar: Yur ...


Дата последнего обновления: 29.10.2026 10:55  
up